#
Aktiv
#

Наманган шахар Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлим бошлиғи в.б / Наманган шахар Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлим бошлиғи в.б

Шарқ тонги МФЙ Банк кўчаси 9а-ўй

3 077 091 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 26.04.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Рахбарият бўлими
💰 Maosh 3 077 091 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot, moliya,menejment, yurisprudensiya
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-22

📋 Talablar

Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot, moliya, menejment, yurisprudensiya sohasi bo‘yicha kamida uch yillik boshqaruv va mehnat stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayinlanishi mumkin. Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Bo‘lim boshlig‘i davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni bilishi bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lganda afzallik beriladi) lozim.
Bo‘lim boshlig‘i Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Namangan shahar xokimlning Farmoishi bilan kelishilgan holda tegishliligi bo‘yicha belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

📌 Vazifalar

Boʻlim boshligʻi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Oʻz lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish;
Oʻzi va boʻlim xodimlarining faoliyatini samara va natijadorlikka yoʻnaltirish, kasbiy bilim va malakasini oshirish ustida doimiy ishlash;
Lavozimiga koʻra biriktirilgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish va oʻzlashtirish;
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Boʻlimning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
Qoʻl ostidagi xodimlariga ish yuzasidan nazariy va amaliy yordam berish;
Boʻlimga murojaat qilgan band boʻlmaganlar, ish beruvchilar va boshqa fuqarolarga xushmuomalalik bilan muloqotda boʻlish, ularning soʻrov va talablarini asossiz rad etishga yoʻl qoʻymaslik;
Korrupsiya koʻrinishlariga qarshilik qilish, ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga ziyon yetkazadigan manfaatlarini qoʻllab-quvvatlanishiga imkon bermaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlari darajasini oshirib borish choralarini koʻrish;
Xizmat doirasida foydalaniladigan va ish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa cheklangan maʼlumotlarni oshkor qilinishiga yoxud undan gʻarazli va boshqa shaxsiy maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Boʻlim faoliyatiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar, axborotlarni sir saqlash, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va boʻlimga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlash;
Hisobot va axborotlarning belgilangan muddatlarda va sifatli tayyorlanishini, yuqori tashkilotlarga tegishligi boʻyicha berilishini taʼminlash;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarga oʻz vaqtida va sifatli javob berilishini taʼminlash.
Lavozimdan ozod etilgan hollarda ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar va foydalanishdagi moddiy boyliklarning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida yangidan tayinlangan xodim yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirish;
Boʻlim boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.

🕐 Ish sharoitlari

9-00 dan 18-00 gacha

Google xarita

None