#
Aktiv
#

Оила шифокори (врачи) / Оила шифокори (врачи)

Kelişilgan holda / Oylik maoş
Tugaş sanasi: 13.05.2026

Iş haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da köriş va ariza topşiriş

🏢 Taşkilot tuzilmasi Умумий бўлим
💰 Maoş Kelişilgan holda
📊 Stavka 0.75 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yönaliş / surcharge umumiy amaliyot şifokori
⏳ Iş tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Içki konkurs Yöq (taşqi)
♿ Nogironlar uçun Yöq
🎓 Ilmiy daraja Yöq
📅 E'lon sanasi 2026-04-29

📋 Talablar

Umumiy amaliyot vraçi quyidagi huquqlarga ega:
36. Belgilangan tartibda öz kasbiy malakasini oşiriş va malakaviy darajasini oliş uçun attestatsiyadan ötiş.
37. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq ambulator bemorlarga yoki oiladagi bemorni parvariş qiliş böyiça işga layoqatsizlik varaqalarini beriş.
38. Xonadonlardagi ölim holatlari töğrisida vraç guvohnomasini beriş.
39. Biriktirilgan aholiga tibbiy – ijtimoiy yordamni yaxşilaş masalalarida oilaviy poliklinika rahbariyatiga va soğliqni saqlaşning yuqori turuvçi boşqaruv organlariga takliflar kiritiş.
40. Majlislarda, ilmiy-amaliy konferensiyalarda iştirok etiş, faoliyati umumiy amaliyot vraçining maqsadlari va vazifalari töğri keladigan turli jamoaviy va kasbiy taşkilotlarda a’zo böliş.
41. Boşqa mutaxassislar tomonidan ötkazilayotgan tadbirlarda iştirok etiş.

IV. Umumiy amaliyot vraçining javobgarligi

Umumiy amaliyot vraçi quyidagilar uçun javobgar:
42. Öz işining sifati va natijalari uçun, şuningdek öz vazifaviy majburiyatlarini va unga biriktirilgan örta tibbiy xodimlar vazifalarini bajarişbilan boğliq xarakatlar yoki xarakatsizliklar oqibatida oilaviy poliklinikaning faoliyatiga yoki bemorlarning salomatligiga yetkizilgan zarar uçun.
43. Tibbiy uskunalarning va bemorlarga şoşilinç tibbiy yordam körsatişdori-darmonlarining butligi va samarali işlatilişi uçun.
44. Töldirilayotgan hisob va hisobot hujjatlarining va taqdim etilayotgan statistika ma’lumotlarining işonçliligi uçun.

📌 Vazifalar

Umumiy amaliyot vraçining vazifalari quyidagilardan iborat:
6. Biriktirilgan aholiga, alohida bemorlarga, şuningdek butun oila a’zolariga ham, ularning soğliğini himoya qiliş, profilaktika va tez-tez uçraydigan kasalliklarni davolaş böyiça xizmatlar körsatiş.
7. Bemorlarni ixtisoslaşgan tibbiy muassasalarga maslahat uçun va yotqizib davolaş uçun öz vaqtida yuboriş.
8. Xizmat körsatilayotgan hududdagi aholiga, standartlarga muvofiq va mavjud jihoz va uskunalardan kelib çiqib, şifoxonagaça bölgan şoşilinç tibbiy yordamni körsatiş.
9. Xonadonlarga taşrif buyuriş, xizmat körsatilayotgan aholi orasida kasalliklar, şikastlanişlar, nogironlik, ölimning oldini oliş böyiça tadbirlar ötkaziş.
10. Soğlom turmuş tarzini taşviqot qiliş (oqilona ovqatlanişni maslahat beriş, kaşandalikka, içkilikbozlikka qarşi kuraş, jismoniy tarbiy va sport bilan şuğullanişning afzalliklari).
11. Sanitariya-epidemiyaga qarşi tadbirlar majmuini taşkil etiş va ötkaziş: profilaktik emlaşlar, biriktirilgan hududdagi va uy xujaliklaridagi sanitariya holatining umumiy nazorati, yuqumli kasalliklar öçoqlarida kuzatiş tadbirlarini ötkaziş, xizmat körsatilayotgan hududda epidemiya vaziyatini tahlil qiliş, biriktirilgan aholini xavfli epidemiyali vaziyatlar töğrisida ogohlantiriş.
12. Homiladorlarning muntazam nazoratini taşkil etiş, xonadonlarida ularning patronajini amalga oşiriş, zarur xolatlarda keçikmasdan ularni mutaxassislarga yönaltiriş, har bir homiladorning tuğişi uçun tuğruqdan oldin DPM (davolaş profilaktika muassasasi)ni töğri tanlaş, tuğruqdan keyingi kuzatuv va tuğruqdan keyingi davrning fiziologik jarayoni tugagaç hisobdan çiqariş, tuğma nuqsonlar va nasliy kasalliklar sonini kamaytiriş.
13. Biriktirilgan aholini soğlom turmuş tarziga örgatiş böyiça tadbirlar majmuini taşkil etiş va amalga oşriş, şu jumladan:
-ösayotgan avlodni soğlomlaştiriş;
-onalar va bolalar salomatligi muhofazasi;
-istalmagan homiladorlikni oldini oliş, oilaviy hayotning etikasi, psixologiyasi, gigienasi, ijtimoiy va boşqa masalalar;
-homiladorlik, tuğruq va tuğruqdan keyingi davr;
-kökrak suti bilan boqiş;
-töğri ovqatlaniş;
-sanitariya va gigena asoslari.
14. Yolğiz qolgan, keksa, nogiron, surunkali bemorlarga ijtimoiy yordam xodimlari bilan hamkorlikda patronaj hamda tibbiy-ijtimoiy yordamni taşkil etiş.
15. Biriktirilgan aholi örtasida kasalliklarni erta aniqlaş maqsadida profilaktika hamda maqsadli tibbiy köriklarni, biriktirilgan aholi (bolalar, ösmirlar, tuğiş yoşidagi ayollar, surunkali kasalligi mavjud bemorlar) dispanserizatsiyasini taşkil etiş va amalga oşiriş.
16. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga (sil, teri-tanosil kasalliklari, xavfli ösmalar, OIV infeksiyasi) qarşi kuraş böyiça davolaş – profilaktika tadbirlarini ötkaziş.
17. Aholining kasallanişlari va biriktirilgan aholining işga layoqatini vaqtinçalik yoki turğun yöqotilişiga olib keluvçi kasalliklarning sababini örganiş, kasallanişlar va şikastlanişlarni kamaytiriş kamaytiriş böyiça çoralarni işlab çiqiş.
18. Tibbiy hizmatlarning sifat va samarasini oşiriş uçun biriktirilgan aholiga tibbiy yordam körsatişni taşkiliy şakllari hamda uslublarini rivojlantiriş va takomillaştiriş.
19. Vaqtinçalik işga layoqatsizlik holatlari ekspertizasini belgilangan tartibda ötkaziş; Soğliqni saqlaş vazirligining yöriqnomasiga muvofiq salomatligi va iş layoqati holati ekspertizasini amalga oşiriş uçun kasallarni VMK va VMEKga yönaltiriş.
20. Xududiy DSENni aniqlangan yuqumli kasalliklar, zaharlanişlar va favqulodda holatlar yuzasidan öz vaqtida ogohlantiriş.
21. Biriktirilgan aholi salomatligini saqlaş va mustahkamlaş böyiça tadbirlarni işlab çiqiş hamda amalgan oşiriş uçun jamoatni keng jalb etiş.
22. Tasdiqlangan hisob va hisobot xujjatlarini sifatli va öz vaqtida yuritiş.
23. Bemorlarning huquqlarini, şu jumladan bemor haqidagi tibbiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlaş.
24. Mavjud tibbiy uskunalar, jihozlar va mulkning butligini hamda samarali işlatilişini ta’minlaş.
25. Tuğruq muassasasi, ayollar maslahatxonasi bilan doimiy aloqani örnatiş va xomilador ayollar, ayniqsa “xavf” guruhiga kiruvçilarni, nazorat qilişda izçillikka rioya qiliş.
26. Tuğruq majmuasidan çiqarilgandan söng birinçi 2-3 kun içida yangi tuğilgan çaqaloqlarni tibbiy hamşira bilan birga xonadonlarga borib köriş, salomatlik guruhini aniqlaş, özgarişlarni kuzatuv rejasini va soğlomlaştiriş tadbirlarini tuziş.
27. Bolalarni poliklinikada qabul qiliş, ularning jismoniy va asab-ruhiy rivojlanişini baholaş, töğri ovqatlaniş tartibi, raxitning maxsus va xosbölmagan profilaklik tadbirlarini tayinlaş.
28. Bolalarni boşqa ixtisosli vraçlar maslahatiga va zarur laboratoriya tekşiruvlariga yuboriş.
29. Çaqiruv bölgan kunidayoq bemorlar xonadoniga taşrif buyuriş, ularga zarur tibbiy yordamni körsatiş, kasallar tuzalguniga qadar nazoratni amalga oşriş; hayotininig birinçi yilida kasal bölgan çaqaloqni har kuni nazorat qilib turiş, zarur hollarda bolani zudlik bilan şifoxonaga yöllaş uçun barça çoralarni köriş. Uçastkada, qandaydir bir sabablar bilan şifoxonaga yöllanmagan oğir bemorlar töğrisida bölim boşliğiga xabar beriş.
30. Uçastka hamşirasi bilan birgalikda profilaktik emlaşlarni rejalaştiriş:
-profilaktik emlaşlar rejasini bir yilga va joriy oyga tuziş;
-emlaşlarga tibbiy qarşiliklari bölgan bolalarni nazoratga oliş, ularni soğlomlaştiriş va kelgusida emlaş;
-emlaşlarga uzoq muddatli qarşiliklari bölgan bolalarni, vaksinasiyalaş masalasini hal etiş uçun immunologik komissiyasiga xavola etiş;
-vaksinasiyadan söng asoratlar kuzatilişi mumkin bölgan bolalarning “xavf guruhi”ni ajratiş;
-emlangan bolalarning tibbiy nazoratini, patronajini amalga oşiriş;
-har oyning oxirida profilaktik emlaş rejasining bajarilişini taxlil qiliş.
31.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va xomiysining roziligisiz zarur xujjatlarni rasmiylaştirmasdan tibbiy muolajalari ötkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiena va epidemiologik çora-tadbirlari ötkazmaslik;
32.Yoş bolalarni va çaqaloqlarni amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravişda asrab oliş borasida maslahat bermaslik;
33.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini oliş maqsadida buyruq va körsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qöllanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik;
34.Vraçlik siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunçilikda belgilangan tartibga zid ravişda taqdim etmaslik;
35.Turli firmalarni dori mahsulotlarini boş vraç ruxsatisiz işlatmaslik va tarqatmaslik;
36.Odob-ahloq qoidalariga, kiyiniş madaniyatiga qat’iy rioya qiliş;

🕐 Iş şaroitlari

grafik asosida

Google xarita

None