#
Aktiv
#

Даволаш ишлари бўйича бош врач ўринбосари / Даволаш ишлари бўйича бош врач ўринбосари

Навоий вилояти Навоий шаҳар А.Авлоний 16 уй

4 000 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 15.05.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Мa’muriyat
💰 Maosh 4 000 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Magistratura
🏷️ Yo'nalish / surcharge Davolash ishi (umumiy tibbiyot) Pediatriya Tibbiy-profilaktika ishi Yoki boshqa tegishli klinik mutaxassislik
⏳ Ish tajribasi 5 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-05-06

📋 Talablar

Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi (bakalavr va/yoki magistr darajasi).
Tegishli yo‘nalish bo‘yicha amaliyot tajribasi kamida 5 yil (shundan rahbarlik lavozimlarida kamida 2 yil).
Sog‘liqni saqlash tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar va protokollarni yaxshi bilishi.
Tashkiliy-boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Zamonaviy diagnostika va davolash usullarini bilishi va amalda qo‘llay olishi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi (kompyuter savodxonligi).
Davlat tilini mukammal bilishi (rus va/yoki ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi).
Mas’uliyatli, tashabbuskor va jamoada ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi.

📌 Vazifalar

Tibbiyot muassasasida davolash-diagnostika ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Davolash jarayoni sifatini nazorat qilish, tibbiy standart va protokollarga rioya etilishini ta’minlash.
Shifokorlar va o‘rta tibbiy xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish choralarini ishlab chiqish va joriy etish.
Tibbiy hujjatlarni yuritish va hisobotlarni tayyorlashni nazorat qilish.
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini ta’minlash.
Kadrlar malakasini oshirish, o‘quv-seminarlar tashkil etishda ishtirok etish.
Murojaatlar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish, tegishli choralar ko‘rish.
Tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

🕐 Ish sharoitlari

Dushanba–Juma kunlari soat 08:00 dan 17:00 gacha

Google xarita

None