хисоб китоб хисобчиси / хисоб китоб хисобчиси
Сергели тумани Қурувчи дахаси 2
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Хисоб китоб бўлими |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-05-09 |
📋 Talablar
1. Markaziy xisobxona xisobchisi - oliy yoki o‘rta maxsus buxgalteriya ma’lumotiga va kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs.
2. Markaziy xisobxona xisobchisi lavozimiga quyidagilarga ega shaxs tayinlanadi:
I darajali buxgalter: oliy kasbiy (iqtisodiy) ma’lumotga ega va II darajali buxgalter lavozimida kamida 3 yil ishlagan.
- II darajali buxgalter: oliy kasbiy (iqtisodiy) ma’lumotga ega bo‘lsa, ish stajiga talab qo‘yilmasdan yoki o‘rta kasbiy (iqtisodiy) ma’lumotga ega va buxgalter lavozimida kamida 3 yil ishlagan.
- buxgalter: o‘rta kasbiy (iqtisodiy) ma’lumotga ega bo‘lsa, ish stajiga talab qo‘yilmasdan yoki belgilangan dastur bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va hisob hamda nazorat bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega.
3. Amaldagi mehnat qonunlarida belgilangan tartibda, moliya menejeri bilan kelishilgan holda oilaviy poliklinikaning bosh vrachi buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.
4. Buxgalter bevosita moliyaviy menejerga bo‘ysunadi.
5. Naqd pulning saqlanishi va kassa operatsiyalarini olib borish uchun to‘liq moddiy javobgarlik buxgalterning zimmasiga yuklanadi.
6. Buxgalter o‘z faoliyatida amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, respublika, hududiy va mahalliy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari buyruqari hamda farmoyishlari, mazkur yo‘riqnoma, shuningdek oilaviy poliklinikaning bosh vrachi buyruqlariga amal qiladi.
7. Buxgalter quyidagilarni bilishi lozim:
- me’yoriy-huquqiy hujjatlar, nizomlar, yo‘riqnomalar, kassa operatsiyalarini yuritish bo‘yicha boshqa boshqaruv materiallarini;
- kassa va bank hujjatlari shakllarini;
- pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish, berish, hisobini yuritish va saqlash qoidalarini.
- kassa kitobini yuritish, kassa hisobotini tuzish, kirim va chiqim hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini;
- muassasa uchun belgilangan kassadagi naqd pul qoldiqlari limitini, ularni butligini ta’minlash qoidalarini;
- mehnatni tashkil etish asoslarini;
- mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy qoidalarini;
- ichki mehnat tartibi qoidalarini.
8. Buxgalter ishga kelmagan paytlarda uning vazifasini belgilangan tartibda tayinlangan shaxs bajaradi hamda zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga binoan javobgar bo‘ladi
📌 Vazifalar
Oilaviy poliklinika buxgalterining vazifalari quyidagilardan iborat:
9. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan tartiblarga muvofiq, buxgalteriya hisobini va kassa operatsiyalarini yuritish bo‘yicha ishlarni bajarish.
10. Buxgalteriya hisobining tegishli sohalari bo‘yicha birlamchi hujjatlarni qabul qilish va nazorat etishni, hisob raqamlarida asosiy mablag‘lar, moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalarning qayd etilishini amalga oshirish.
11. G‘aznachilik va bank muassasalari bilan ish olib borish, ularga qonunchilikda ko‘zda tutilgan ma’lumotlarni (moliyalashga ariza, kassa rejalari, kassadagi nakd pullar qoldiqlari limitini tasdiqlash uchun ariza, hisob raqamlaridagi qoldiqlarni tasdiqlovchi hujjatlar va h.k) taqdim etish; muassasa uchun kerakli ma’lumotnomalar, xatlar, tasdiqlarni olish.
12. Qabul qilingan xujjatlarga asosan poliklinika xodimlarining maoshi, faoliyat ko‘rsatayotgan nafaqaxo‘rlarning nafaqasi, 2 yoshgacha bola parvarishidagi onalarga beriladigan nafaqa va boshqa xarajatlarni to‘lash uchun rasmiylash- tirilgan pul mablag‘larni bank muassasalaridan olish.
13. Tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlari inventarizatsiyasini o‘tkazishda ishtirok etish, eskirgan kupyuralarni ro‘yxatga olish, shuningdek ularni bank muassasalariga yangilariga almashtirish uchun topshirish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.
14. Moliya menejeri bilan birgalikda yetishmovchiliklar, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning noqonuniy ishlatilishining, moliyaviy hamda xo‘jalik qonunchiligi buzilishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.
15. Kirim va chiqim hujjatlari asosida kassa kitobini yuritish, haqiqatda mavjud pul summalarini kitobdagi qoldiq bilan solishtirish.
16. Sifatli rasmiylashtirilgan tegishli yo‘nalishlar (sohalar) bo‘yicha buxgalterlik hisoboti va kassada naqd pul harakati bo‘yicha kassa hujjatlari, bank hisobraqamlari ko‘chirmalari, depozitga qo‘yilgan summalar haqida ma’lumotlar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar bilan o‘z muddatida ta’minlash va taqsim etish.
17. Korxonaning hisobraqamiga va kassasiga tushgan pul mablag‘larining to‘liq hisobini yuritish va asoslanganlini nazorat qilish, naqd pul mablag‘larining, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’minlash va ularni arxivga topshirish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash.
🕐 Ish sharoitlari
TASDIQLANGAN ISH JADVALI ASOSIDA