#
Aktiv
#

Мактаб шифокор / Мактаб шифокор

Мирзо Улугбек туман тиббиёт бирлашмаси

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 05.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Умумий таълим муассасалари
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Oliy ma'lumotga ega, Pediatriya mutaxasisslik bo'yicha mutaxassis
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-08-12

📋 Talablar

Oliy ma'lumotga ega, Pediatriya mutaxasisslik bo'yicha mutaxassis

📌 Vazifalar

1. Umumiy qoidalar:

Maktab shifokori o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom va lavozim yo‘riqnomasi talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.

Maktab shifokori – o‘quvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ta’lim muassasasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan oliy ma'lumotli tibbiyot mutaxassisidir.

2. Asosiy vazifalari va malaka talablari:

Maktab shifokori malakaviy tavsif talablariga muvofiq zarur bilim va malakaga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun amaliy ko‘nikmalarni mustaqil bajara olishi kerak.

Jumladan, maktab shifokori o‘quvchilarning salomatligini nazorat qiladi, tibbiy ko‘riklarni tashkillashtiradi, o‘tkir holatlarda shifoxonagacha bo‘lgan birinchi yordamni ko‘rsatadi, shuningdek, profilaktika, epidemiyaga qarshi va sog‘lomlashtirish tadbirlari majmuini amalga oshiradi.

3. Profilaktik va sog‘lomlashtirish ishlari:

O‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish.

Ta’lim muassasasida yuqumli bo‘lmagan va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ommaviy va individual profilaktika choralarini ko‘rish.

O‘quvchilarning chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘riklarini belgilangan muddatlarda o‘tkazish va kasallik aniqlangan bolalarni sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish.

Surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turgan o‘quvchilarni holatidan kelib chiqqan holda individual kuzatish, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya rejalarini amalga oshirish.

O‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslari va sport to‘garaklaridagi tibbiy guruhlarini aniqlash, ularning salomatlik holatiga qarab ruxsat berish.

4. Favqulodda holatlar va yo‘naltirish:

Kasallik yoki jarohatlanish holatlari o‘ta og‘ir kechayotganda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish, ota-onalarni va ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish.

Zarurat bo‘lganda, o‘quvchilarni hududiy oilaviy poliklinikaga tegishli mutaxassislar ko‘rigiga yo‘naltirish.

5. Hisobot va hujjatlar yuritish:

Faoliyat natijalari yuzasidan tasdiqlangan tibbiy hisob va hisobot hujjatlarini (tibbiy daftarchalar, jurnallar va ma'lumotnomalarni) o‘z vaqtida va sifatli yuritish.

6. Ichki tartib qoidalari:

Ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq rioya qilish.

7. Mas’uliyat:

Lavozim yo‘riqnomasi bandlariga qat'iy amal qilish, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun shaxsan javobgar bo‘lish.

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None