#
Aktiv
#

Операция тиббиёт ҳамшираси / Операция тиббиёт ҳамшираси

Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Катталар операцион блоки
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #9
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-08-25

📋 Talablar

Tibbiyot kolleji yoki oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
• Amaldagi hamshiralik sertifikati mavjud bo’lishi;
• Operasion blokda ish tajribasiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq;
• Aseptika va antiseptika qoidalarini yaxshi bilishi;
• Jarrohlik asboblari va jihozlari bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi;
• Navbatchilik asosida ishlashga tayyor bo’lishi;
• Mas’uliyatli, chaqqon va jamoa bilan ishlay olishi;
• Bemorlarga xushmuomala va etik munosabatda bo’lishi;
• Kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.

📌 Vazifalar

• Operasiya xonasini aseptika qoidalari bo’yicha ishga shay holatga keltirish.
• Jarrohlik asboblari, chok materiallari va choyshablarni sterilligini ta’minlash.
• Amaliyot uchun zarur bo’lgan barcha jihozlarni maxsus ketma-ketlikda stolga terib chiqish.
• Shifokorlarga steril xalat va qo’lqoplarni kiyishda yordam berish.
• Operasiya stolikdagi bemorning holatini va tana a’zosi to’g’ri joylashtirilganini tekshirish.
• Jarrohning harakatlarini oldindan sezib, asbob va materiallarni tez va aniq uzatish.
• Operasiya davomida begona shaxslar yoki xato harakatlar tufayli sterillik buzilmasligini kuzatish.
• Jarroh tomonidan kesib olingan to’qimalarni (biopsiya uchun) maxsus idishlarga to’g’ri rasmiylashtirish.
• Operasiya jarohati yopilishidan oldin ishlatilgan barcha salfetka, igna va asboblarni boshqatdan sanab chiqish.
• Operasiya tugagach, teriga aseptik bog’lam qo’yishda ishtirok etish.
• Ishlatilgan asboblarni qon va boshqa suyuqliklardan tozalash, dezinfeksiyalovchi eritmalarga solish.
• Sterilizasiya va amaliyot jurnaliga tegishli qaydlarni yozish.
• Tibbiy chiqindilarni xavfsizlik qoidalari asosida saralash va yo’qotishga tayyorlash.

🕐 Ish sharoitlari

ish grafigi

Google xarita

None