Компьютер техник мухандиси / Компьютер техник мухандиси
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Техник бўлим |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #6 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Kompyuter muhandisi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-08-26 |
📋 Talablar
Kompyuter texnikasi xizmati muhandisi (IT-mutaxassis) quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- Sergeli tuman 61-oilaviy poliklinikaning elektron sog‘liqni saqlash axborot tizimlari bilan ishlash;
- tizimdagi texnik nosozliklar yuzaga kelganda bartaraf etish;
- tibbiyotda raqamlashtirish infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash;
- Sergeli tuman 61-oilaviy poliklinikadagi barcha xususiy tibbiyot muassasalari bilan elektron sog‘liqni saqlash axborot tizimlari bilan ishlash bo‘yicha hamkorlikda ishlash;
- turli statistik ma’lumotlarni va hisobotlarni elektron tizimda to‘g‘ri yuritilishini tashkil etish;
- dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish, sozlash va yangilab borish;
📌 Vazifalar
Kompyuter texnikasi xizmati muhandisi (IT-mutaxassis) o‘z vazifalarini amalga oshirishda quyidagilarga majburdir:
- o‘z vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlari, ichki normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish hamda ta’minlash;
- tibbiyot muassasasida joriy etilgan axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
- axborot tizimlaridagi texnik muammolarni aniqlash va bu haqida tegishli hududiy boshqaruv organlarining raqamlashtirish shu’ba yoki tuman tibbiyot tashkiloti rahbariga axborot berish;
- axborot tizimlaridan foydalanuvchi xodimlarga amaliy yordam va zarur tushuntirishlar berish;
- axborotlar bazasining yangiligi, to‘g‘riligi va xavfsizligini nazorat qilish;
- tibbiyot muassasasi xodimlariga elektron sog‘liqni saqlash axborot tizimlari haqida o‘quv kursi tashkil yetishda ishtirok etish;
- tibbiyot muassasasidagi axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari holatini doimiy monitoring qilish va texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
- axborot xavfsizligi va maxfiylik talablari bajarilishini ta’minlash;
- Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i asosida axborot tizimlarini tibbiyot tashkilotlarida joriy etish, yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarida faol ishtirok etish;
- yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- kompyuter texnikasi bo‘yicha hisob-kitob, xatlov va hisobotlarni yuritish;
- hisobotlar, statistik ma’lumotlar va texnik axborotlarni belgilangan tartibda tayyorlash va tuman tibbiyot tashkiloti rahbari va tegishli hududiy boshqaruv organlari boshlig‘ining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosariga taqdim etish;
- doimiy ravishda o‘z ustida ishlash, hayotga tadbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirib borish;
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida