тиббий бригада ҳамшираси / тиббий бригада ҳамшираси
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 17-mavze, 22-A-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Тиббий бригада ҳамшираси |
| 💰 Maosh | 2 453 666 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #6 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | 99/637-93-33 Tibbiyot brigadasining oila (patronaj) hamshirasi (Keyinchalik-Oila hamshirasi)-"oliy hamshiralik ishi”, "hamshiralik ishi”, "tibbiyot hamshirasi"', “umumiy amaliyot hamshirasi”, “feldsher”, “akusherka” kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki “umumiy amaliyot hamshirasi” dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffaqiyatli o‘tgan diplomli mutaxassis |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-08-26 |
📋 Talablar
99/637-93-33 Tibbiyot brigadasining oila (patronaj) hamshirasi (Keyinchalik-Oila hamshirasi)-"oliy hamshiralik ishi”, "hamshiralik ishi”, "tibbiyot hamshirasi"', “umumiy amaliyot hamshirasi”, “feldsher”, “akusherka” kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki “umumiy amaliyot hamshirasi” dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffaqiyatli o‘tgan diplomli mutaxassis
📌 Vazifalar
oila shifokori va tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalar bo‘yicha yillik rejasini tuzish va har bir xodimning vazifalarini belgilash;
biriktirilgan aholining profilaktik ko‘riklar, skrining dasturlari, dispanser nazorati va patronaj xizmatini tashkillashtirish maqsadida tarmoq rejasini tuzish, ushbu reja asosida oila hamshiralari va doyaning oylik, haftalik, kunlik rejalarini belgilash, ijrosini nazorat qilib borish;
shifokor oldik ko‘rik xonasi faoliyatini tashkillashtirish, bunda xonada tegishli tibbiy asbob-uskuna, jihozlar, klinik protokol va qo‘llanmalarning, tegishli savolnoma, blanka, tarqatma materiallarning yetarli miqdorda bo‘lishi nazoratini amalga oshirish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;
mijozlarni shifokor oldik ko‘rik xonasida mustaqil qabul qilish, tegishli tekshiruv (antropometriya ko‘rsatkichlari, bo‘y-vazn indeksi (BVI), arterial qon bosimi va tana haroratini o‘lchash, nafas olish tezligi va puls sonini sanash, EKG, pikfloumetriya o‘tkazish, ko‘z o‘tkirligini aniqlash) va surishtiruvlarni o‘tkazish;
5 yoshgacha bolalarni jismoniy va psixomotor rivojlanishi monitoringi va baholash va onaga tegishli maslahatlarni berish;
18 yoshgacha tashkillashmagan bolalar, ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarini 1 yilda 1 marta chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarini tashkillashtirishda ishtirok etish;
Maqsadli kontingent hamda xavf guruhidagi aholining skrining ko‘riklarini dasturlari hamda bolalar, o‘smirlar va ayollarni vitamin va mikronutrientlar bilan ta’minlash dasturlari ijrosini ta’minlash;
yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillari aniqlangan mijozlarga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, ortiqcha vaznni oldini olish va xalos bo‘lish, xulq-atvorini o‘zgartirish uchun qisqa maslahatlar berish;
hayotida birinchi bor surunkali kasalliklar aniqlangan bemorlar uchun shifokor bilan birgalikda “Profilaktika maktabi” mashg‘ulotlarini o‘tkazish va o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha maslahat berish (hamshiralik protokollari asosida);
surunkali kasallikka chalingan bemorlarni dispanser ko‘riklarni oila hamshiralari bilan birga tashkillashtirish va shifokor ko‘rigiga tayyorlash;
bolalar, o‘smirlarning ota-onalariga (sog‘lom bola parvarishi, ko‘krak suti bilan oziqlantirish va ratsional ovqatlanish, o‘tkir yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish, immunizatsiya, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari, bemor bola parvarishi masalalarida) maslahatlar berish;
o‘smir qizlar, ularning onalari, yosh kelinchak va ularning qaynonasiga reproduktiv salomatlik, istalmagan homiladorlikni oldini olish, homilador ayolning kun tartibi va oziqlanishi bo‘yicha tavsiyalar berish, hayotga xavf soladigan holatlardan ogohlantirish;
kontraseptiv vositalardan foydalanadigan tug‘ish yoshidagi ayollar dispanser nazoratini tashkil qilish, ularning kelishilgan jadval bo‘yicha oila shifokori yoki doya qabulida bo‘lishlarini nazorat qilish;
profilaktik va immunoprofilaktik, diagnostik tadbirlarni, davolash va fizioterapevtik muolajalarni bajarish, muassasaga shikastlanish, zaharlanish va o‘tkir holatlarda murojaatlarda shifokorgacha tibbiy yordam ko‘rsatish.
Poliklinika ichki tartib qoidolariga rioya qilish.
Lavozim yo'riqnomasi bandlariga to'liq rioya qilib ularni o'z vaqtida va sifatli bajarish.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida