#
Aktiv
#

Шифокор Нейрохирургия / Шифокор Нейрохирургия

Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 11.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Катталар нейрохирургия бўлими
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Neyroxirurgiya yo’nalishi bo’yicha magistratura yoki klinik ordinatura
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-08-28

📋 Talablar

• Stasionar sharoitida o’ta og’ir, komadagi va reanimasiyadan chiqqan bemorlar bilan ishlash ko’nikmasi.
• Mikroxirurgik va endoskopik uskunalar bilan shoshilinch operasiyalarni mustaqil bajara olish qobiliyati.
• Bo’limdagi tibbiy elektron dasturlar bilan ishlay olish.
• Jismoniy va ruhiy chidamlilik, tungi smenalardagi og’ir operasiyalar yuklamasini ko’tara olish.
• Bemorlar va ularning yaqinlari bilan deontologiya (tibbiy etika) qoidalariga rioya qilgan holda vazmin muloqot qilish.

📌 Vazifalar

• Bo’limga shoshilinch tartibda yotqizilgan og’ir va o’ta og’ir ahvoldagi bemorlarni kundalik tibbiy ko’rikdan o’tkazish va davolash.
• Bosh miya yopiq va ochiq jarohatlari, miyaga qon quyilishi (insultlar, gematomalar) bo’yicha bo’limning shoshilinch operasion blokida tezkor jarrohlik amaliyotlarini bajarish.
• Bemorning operasiyadan keyingi davrdagi ahvolini (miya shishi, asoratlar, hayotiy ko’rsatkichlar) doimiy monitoring qilish va intensiv terapiyani olib borish.
• Bo’limda davolanayotgan bemorlarda to’satdan yuzaga kelgan kritik holatlarda (xushdan ketish, tutqanoq, nafas qisilishi) zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish.
• Bo’lim bo’yicha tasdiqlangan grafik asosida shoshilinch navbatchiliklarni o’tash va navbatchilik vaqtida bo’limdagi barcha bemorlar xavfsizligi uchun javobgar bo’lish.
• Bo’lim bemorlarining tibbiy bayonnomalarini shoshilinch tibbiyot standartlari asosida yuritish

🕐 Ish sharoitlari

ish grafigi

Google xarita

None