#
Aktiv
#

Фельдшер-лаборант / Фельдшер-лаборант

Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 07.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Клиник лаборатория диагностикаси
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #9
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-08-29

📋 Talablar

Tibbiyot kolleji yoki Jamoat salomatligi texnikumini «Tibbiy-laboratoriya tashxisi», «Davolash ishi» yoki «Hamshiralik ishi» yo’nalishi bo’yicha tamomlagan bo’lishi
Laboratoriya ishi bo’yicha maxsus birlamchi ixtisoslashuv kursini o’taganligi haqida amaldagi sertifikat.
Laboratoriya uskunalari (analizatorlar) bilan ishlash, biomateriallarni yig’ish, saqlash va markirovka qilish qoidalari, dezinfeksiya va sterilizasiya tartibi, mehnat xavfsizligi.

📌 Vazifalar

• Pasiyentlardan tahlil uchun biomateriallarni (qon, siydik, axlat va boshqalar) qabul qilib olish va ularni ro’yxatdan o’tkazish.
• Kelgan namunalarni to’g’ri markirovka qilish va shtrix-kodlash.
• Biomateriallarni tahlilga tayyorlash (sentrifugalash, zardobni ajratish va h.k.).
• Klinik, biokimyoviy, gematologik va sitologik laboratoriya tadqiqotlarini shifokor-laborant nazorati ostida bajarish.
• Zamonaviy avtomatik va yarim avtomatik laboratoriya analizatorlarini boshqarish.
• Surma (mazok) tayyorlash va ularni bo’yash jarayonlarini bajarish.
• Laboratoriya uskunalari va o’lchov asboblarining sozligini tekshirish, ularni ishga tayyorlash.
• Ichki laboratoriya sifat nazoratini o’tkazishda ishtirok etish (nazorat materiallarini yuritish).
• Reaktivlar, kimyoviy moddalar va sarflash materiallarining zaxirasini kuzatib borish va o’z vaqtida buyurtma berish.
• Ish joyida aseptika va antiseptika qoidalariga, sanitariya-epidemiologiya tartibiga qat’iy rioya qilish.
• Ishlatilgan tibbiy chiqindilarni (shprislar, probirkalar, uchliklar) belgilangan tartibda dezinfeksiya qilish va utilizasiyaga tayyorlash.
• Laboratoriyaning kundalik hujjatlari va ro’yxatga olish jurnallarini (elektron yoki qog’oz shaklda) yuritish.

🕐 Ish sharoitlari

ish grafigi

Google xarita

None