#
Aktiv
#

шифокор реаниматолог / шифокор реаниматолог

Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 06.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Болалар соматик реанимация бўлими
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi 1 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-02

📋 Talablar

: Oliy tibbiy ma’lumot (Pediatriya ishi yoki Davolash ishi yo’nalishi bo’yicha) hamda "Anesteziologiya va reanimatologiya" (bolalar yo’nalishi bo’yicha ixtisoslashgan) yoki "Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi" mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinatura yoki magistratura diplomi mavjudligi.
o Bolalar organizmining yoshga oid anatomik-fiziologik xususiyatlarini mukammal bilish.
o Bolalar sun’iy nafas oldirish apparatlari (IVL), kuvezlar, shprisli dozatorlar (perfuzorlar) va zamonaviy nazorat-monitoring tizimlari bilan ishlashni mukammal bilish.
o Bolalarda shoshilinch va ekstremal vaziyatlarda (anafilaktik shok, laringospazm, tutqanoq holatlari, og’ir zaharlanishlar) pediatrik algoritmlar asosida tezkor va sovuqqonlik bilan to’g’ri qaror qabul qila olish.

📌 Vazifalar

• Bo’limga og’ir va kritik holatda (turli og’ir somatik kasalliklar, o’tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, og’ir darajadagi degidratasiya, turli kelib chiqishga ega koma va shok holatlari) kelib tushgan bolalarni zudlik bilan qabul qilish, ahvolini baholash va birlamchi tashxis qo’yish.
• Og’ir somatik patologiyaga ega bo’lgan bolalar va chaqaloqlarda zudlik bilan kompleks reanimasion va intensiv terapiya tadbirlarini (yurak-o’pka reanimasiyasi, intubasiya, markaziy va periferik venalarni kateterizasiya qilish) amalga oshirish.
• Davolanish davomida bolalarning hayotiy muhim a’zolari va tizimlari faoliyatini (kardiomonitoring, pulsoksimetriya, qonning gaz tarkibi va b.) uzluksiz nazorat qilish va tibbiy apparatlar ko’rsatkichlarini bolaning yoshiga mos to’g’ri sozlash.
• Bemor bolalarning yoshi, vazni va patologiya xususiyatlarini qat’iy hisobga olgan holda suv-elektrolit balansini tiklash (infuzion terapiya), parenteral oziqlantirish, antibakterial va detoksikasion davolash rejalarini tuzish va dori dozalarini aniq hisoblash.
• Murakkab va kritik holatlardagi bemor bolalarning davolash taktikasini belgilash uchun pediatrlar, bolalar xirurglari, nevrologlar va boshqa turdosh bo’limlar shifokorlari bilan konsiliumlarda faol ishtirok etish.
• Kasallik tarixi, reanimasiya varaqlari va boshqa tibbiy hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiq vaqtida, elektron sifatli va xatosiz yuritish.
• Bo’limda tezkor tibbiy yordam ko’rsatish uzluksizligini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan ichki grafik asosida tungi va dam olish kunlaridagi shoshilinch navbatchiliklarni o’tash.

🕐 Ish sharoitlari

ish grafigi

Google xarita

None