#
Aktiv
#

Шўъба бошлиғи / Шўъба бошлиғи

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, I.Karimov ko'chasi 51 uy

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 06.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Бюджет ижроси ҳисоби ва ҳисоботи ҳамда бюджет ташкилотларида ҳисоб-китоб ишларини мониторинг қилиш шўъбаси
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Iqtisod yoʻnalishlari boʻyicha (Klassifikator doirasida) oliy maʼlumot (bakalavr yoki magistr)
⏳ Ish tajribasi 2 yil
🔒 Ichki konkurs Ha (ichki)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-02

📋 Talablar

Shu’ba boshligʻi lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga ega hamda ushbu yoʻnalishlarda kamida 2 (ikki) yillik ish stajiga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
Shu’ba faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga oshirilishini tashkillashtirish, Shu’ba xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishida ishtirok etish;
Bosh boshqarma shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini ishlab chiqish;
Bosh boshqarmada xarajatlar smetasi ijrosini buxgalteriya hisobi hamda mahalliy budjetlar daromad va xarajatlarini buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda yuritilishini nazorat qilish;
Bosh boshqarmaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan xarajatlarning muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, buxgalteriya hujjatlarining toʻliq rasmiylashtirilishini, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat amalga oshirilishini taʼminlash. Kassa intizomiga rioya etilishini taʼminlash;
Buxgalteriya hujjatlarining “UzASBO-2” dasturida oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazoratni olib borish;
“Yagona schyotlar rejasi” joriy qilingan “UzASBO-2” va “DMBAT” dasturiy majmualarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish;
Bosh boshqarma xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini belgilangan tartibda oʻz vaqtida hisoblab chiqarish. Smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
mahalliy budjet daromadlar va xarajatlar ijrosining buxgalteriya hisobini, budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar hisobini yuritish;
shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining tegishli choraklik ijrosi toʻgʻrisida hisobotlarni “UzASBO-2” dasturida qabul qilish va “DMBAT”dasturida shakllantirish;
hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar hamda tuman (shahar) mahalliy budjetlarining choraklik va yillik hisobotlarni “UzASBO” dasturida qabul qilish.
mahalliy budjetning choraklik va yillik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti “Yagona schyotlar rejasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2018-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqlari ijrosining budjet tashkilotlarida ijrosini nazorat qilish;
Iqtisodiyot va moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq quyi iqtisodiyot va moliya organlarida va budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini toʻgʻri yuritish boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish;
budjet tashkilotlariga buxgalteriya hisobi va hisobotini toʻgʻri yuritishda uslubiy yordam koʻrsatish;
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan (roʻyxat raqami 3299) Bosh boshqarma faoliyatiga oid maʼlumotlarni veb-saytga joylashtirish.
Shu’ba boshligʻi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
Shu’ba boshligʻi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bosh boshqarma rahbariyatining topshirigʻi asosida Shu’bada ishni tashkil etishda qatnashish;
Shu’baga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishida ishtirok etish;
Ish jarayonida ijro va mehnat intizomiga rioya etish;
Shu’ba faoliyatiga oid umumiy va maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda ijro etilishida qatnashish;
xodimlarni mukofotlash hamda ularni xizmat vazifalarini bajarishda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish yuzasidan Bosh boshqarma rahbariyatiga takliflar berishda qatnashish;
Boʻlim boshligʻining Boʻlim xodimlari uchun oʻz vakolati doirasida bergan koʻrsatmalari va yoʻnalishlari bajarilishini tashkil qilish;
ishga yangi qabul qilingan xodimlarga ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, rejim qoidalari va Vazirlik xizmatida amal qilinadigan kasbiy, xulq-atvor, tashqi koʻrinish meʼyorlariga oid koʻrsatmalar berish, xizmatni oʻtashga doir hujjatlar bilan tanishtirilishini tashkil etish.

📌 Vazifalar

Shu’ba boshligʻi oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
faoliyati davomida lavozim burchlariga kirgan masalalarda markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari, hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari va Vazirlik huzuridagi tashkilotlardan maʼlumotlarni (Bosh boshqarma soʻrovnomasi orqali) soʻrash va olish;
qonunchilikda belgilangan tartibda vazifaning (topshiriq) oʻz vaqtida va sifatli bajarilgani uchun lavozim maoshiga ustama, mukofotlar va boshqa turdagi taqdirlash pullarini, mehnat taʼtili hamda moddiy yordam olish;
Vazirlik hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari xodimlari uchun tashkil etilgan boshqa ijtimoiy muhofaza obyektlaridan belgilangan tartibda foydalanish.
Shu’ba boshligʻi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa huquqlarga ham ega.
9. Quyidagilar Shu’ba boshligʻining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining Vazirlik faoliyatini tartibga soluvchi Farmon va qarorlari, farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va Vazirlik tomonidan qabul qilingan sohaga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarni bilish va ulardan amalda foydalanish;
Shu’baga ijro va maʼlumot uchun kelib tushgan hujjatlar, jumladan, xat, ariza, shikoyatlar va boshqalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish, Boʻlim xodimlariga taqsimlash, nazorat qilish va ularning ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
funksional vazifalarni bajarishda ijro va mehnat intizomiga rioya etish;
Vazirlikda oʻtkaziladigan ommaviy-tashkiliy, xodimlar malakasini oshirish tadbirlarida faol ishtirok etish.
Shu’ba boshligʻi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa majburiyatlarga ham ega.

🕐 Ish sharoitlari

Dushanba-Juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None