#
Aktiv
#

Техника кауипсизлиги ва мехнат мухофазаси мухандиси / Техника кауипсизлиги ва мехнат мухофазаси мухандиси

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 07.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Boshqaruv xodimlari
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, muhandislik yo‘nalishini
⏳ Ish tajribasi 1 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-03

📋 Talablar

Oliy ma’lumotli;
Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, muhandislik yo‘nalishini tamomlagan;;
Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi yoki ishlab chiqarish sanitariyasi sohasida kamida 1 yillik ish stajiga ega;
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonuni va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal bilishi;
Korxonada (tibbiyot muassasasida) texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilishi;
Tibbiyot xodimlarining zararli va xavfli mehnat sharoitlarida (ftiziatriya va pulmonologiya o‘ziga xosligi, maxsus tibbiy uskunalar, rentgen va laboratoriya xavflari) ishlash tartib hamda talablarini bilishi.

📌 Vazifalar

Xodimlarga texnika xavfsizligi bo‘yicha kirish, davriy va rejadagi yo‘riqnomalarni (instruktaj) o‘tkazish va daftarlarni yuritish;
Mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
Ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish;
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish, ularning hisobini yuritish va oldini olish bo‘yicha tadbirlar belgilash;
Davlat nazorati organlari (Mehnat inspeksiyasi, Yong‘in xavfsizligi va b.) bilan hamkorlik qilish hamda hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish;
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel) dasturlaridan erkin foydalana olish.

🕐 Ish sharoitlari

dushanbadan-jumagacha (09:00 dan 18:00 gacha)

Google xarita

None