Бош мутахассиси / Бош мутахассиси
Тошкент шаҳри, Олмазор тумани, Университет кўчаси, 7 уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Karyerani rivojlantirish va bitirivchilar bandligini muvofiqlashtirish boʻlimi |
| 💰 Maosh | 2 506 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Oliy ma'lumotli, magistr darajali mutaxassis |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-03 |
📋 Talablar
1. Oliy maʼlumotli, magistr darajasiga ega boʻlishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
2. Davlat boshqaruvi organlarining taʼlim, fan, innovatsiyalar sohalarida kamida 3 yil boshqaruv lavozimlarida ishlagan boʻlishi;
3. Karyerani rivojlantirish va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bilan bogʻliq ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash; oliy taʼlim tashkilotlariga qabul, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va ularning akademik mobilligini tashkil etishni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishini bilishi, tizimli fikrlay olish qobiliyatlariga va malakaga ega boʻlishi;
4. Davlat tilida ish yuritish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi;
5. Professional, ish etiketi va muomala madaniyatiga ega boʻlishi;
6. Jamoada ishlash qobiliyati, masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlishi;
7. Poraxoʻrlik va korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega boʻlishi;
8. Davlat xizmatlarini rivojlantirish, taʼlim, fan, innovatsiya sohalarida hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardorlik, talabchanlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega boʻlishi lozim.
📌 Vazifalar
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, sohaga oid qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatalarining qarorlari, Prezident Farmon, qaror va farmoyishlardan xabardor boʻlishi.
2. Sohaga oid hukumat qarorlari va topshiriqlarini, idoraviy va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularni amaliyotda qoʻllash, ulardan kelib chiqadigan xizmat vazifalarini belgilay olish.
3. Kompyuter savodxonligi boʻyicha – Microsoft Office (MS Word, MS Excel, MS Power Point, MS Access) dasturlarida hamda Internet tarmogʻida professional darajada ishlay olish (kompyuter, faks, kseroks, skaner, internet).
4. Xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa kamida bitta chet tillarini bilishi.
5. Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega boʻlish lozim.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari soat 9:00 dan 18:00gacha ish kunlari. shanba, yakshanba dam olish kuni.