Оила ҳамшираси / Оила ҳамшираси
Сергели тумани Шокирарик кучаси-18
Iş haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da köriş va ariza topşiriş
| 🏢 Taşkilot tuzilmasi | Умумий амалиёт хамширалари |
| 💰 Maoş | Kelişilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #6 |
| 🏷️ Yönaliş / surcharge | hamşiralik işi, umumiy amaliyot hamşirasi, feldşerlik işi, davolaş işi |
| ⏳ Iş tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Içki konkurs | Yöq (taşqi) |
| ♿ Nogironlar uçun | Yöq |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yöq |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-12 |
📋 Talablar
1.1. Patronaj hamşirasi örta tibbiyot xodimi hisoblanadi.
1.2. Patronaj hamşirasi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Soğliqni saqlaş vazirligining buyruq va me’yoriy hujjatlari, muassasaning içki tartib-qoidalari hamda mazkur lavozim yöriqnomasiga amal qiladi.
1.3. Patronaj hamşirasi bevosita oilaviy şifokor, bölim mudiri yoki katta hamşiraga böysunadi.
1.4. Patronaj hamşirasining asosiy vazifasi aholiga, ayniqsa homilador ayollar, tuğruqdan keyingi ayollar, çaqaloqlar, bolalar, keksalar va xavf guruhidagi fuqarolarga patronaj xizmatini körsatişdan iborat.
1.5. Patronaj hamşirasi öz vakolati doirasida profilaktik, sanitariya-ma’rifiy va tibbiy tadbirlarni amalga oşiradi.
2. LAVOZIM VAZIFALARI
Patronaj hamşirasi:
2.1. Biriktirilgan hududdagi xonadonlar va aholi töğrisidagi ma’lumotlarni yuritadi.
2.2. Belgilangan tartibda aholi xonadonlariga patronaj taşriflarini amalga oşiradi.
2.3. Homilador ayollarni kuzatadi va homiladorlik davrida xavf belgilarini aniqlaydi.
2.4. Tuğruqdan keyingi ayollar va çaqaloqlarning holatini nazorat qiladi.
2.5. Çaqaloq va bolalarning ösişi va rivojlanişini kuzatişda iştirok etadi.
2.6. Ota-onalarga bola parvarişi, emiziş, ovqatlantiriş, gigiyena va kasalliklarning oldini oliş böyiça tuşuntiriş beradi.
2.7. Bolalarni profilaktik köriklar va emlaşlarga jalb etişda iştirok etadi.
2.8. Aholi orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiladi.
2.9. Töğri ovqatlaniş, şaxsiy gigiyena, jismoniy faollik va kasalliklar profilaktikasi böyiça sanitariya-ma’rifiy işlarni olib boradi.
2.10. Xavf guruhiga kiruvçi fuqarolarni aniqlaydi va tegişli tibbiy körikka yönaltiradi.
2.11. Qon bosimi, tana harorati, puls va boşqa zarur körsatkiçlarni öz vakolati doirasida tekşiradi.
2.12. Surunkali kasalliklarga çalingan bemorlarni kuzatişda iştirok etadi.
2.13. Uy şaroitida parvarişga muhtoj bemorlarni aniqlaydi va ular haqida şifokorga ma’lumot beradi.
2.14. Şifokor körsatmasiga muvofiq bemorlarni uy şaroitida parvarişlaş va reabilitatsiya tadbirlarida iştirok etadi.
2.15. Bemorlar va ularning oila a’zolariga tibbiy-gigiyenik könikmalarni örgatadi.
2.16. Yuqumli kasalliklarning oldini oliş böyiça profilaktik tadbirlarni amalga oşiradi.
2.17. Zarur hollarda bemorni şifokor körigiga yoki tegişli tibbiy tekşiruvlarga yönaltiradi.
2.18. Bemorning hayoti yoki soğliğiga xavf tuğdiruvçi holatlarni aniqlaganda zudlik bilan şifokorga xabar beradi va belgilangan tartibda tez tibbiy yordam çaqirilişini ta’minlaydi.
2.19. Tibbiy hujjatlarni öz vaqtida va belgilangan tartibda yuritadi.
2.20. Elektron tibbiy axborot tizimlariga zarur ma’lumotlarni kiritadi.
2.21. Aseptika, antiseptika va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiladi.
2.22. Tibbiy çiqindilarni belgilangan tartibda yiğiş va saqlaş talablariga amal qiladi.
3. PATRONAJ HAMŞIRASINING HUQUQLARI
Patronaj hamşirasi quyidagi huquqlarga ega:
3.1. Öz xizmat vazifalarini bajariş uçun zarur bölgan ma’lumotlarni oliş.
3.2. Bemorning soğliği bilan boğliq aniqlangan muammolar haqida şifokorga taklif va axborotlar kiritiş.
3.3. Öz vakolati doirasida tibbiy-profilaktik tadbirlarni amalga oşiriş.
3.4. Mehnat xavfsizligi talablariga javob beradigan şaroitda işlaş.
3.5. Malakasini oşiriş va kasbiy bilimlarini takomillaştiriş.
3.6. Iş faoliyati uçun zarur bölgan tibbiy jihozlar, dori vositalari va şaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanişni talab qiliş.
📌 Vazifalar
4. PATRONAJ HAMŞIRASINING JAVOBGARLIGI
Patronaj hamşirasi:
4.1. Öziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uçun amaldagi qonunçilikka muvofiq javobgar böladi.
4.2. Tibbiy hujjatlarni notöğri yoki öz vaqtida yuritmaganligi uçun javob beradi.
4.3. Bemorlarning şaxsiy va tibbiy ma’lumotlari maxfiyligini saqlaydi.
4.4. Sanitariya, aseptika, antiseptika va infeksion xavfsizlik talablariga rioya qilmaganligi uçun javob beradi.
4.5. Tibbiy asbob-uskunalardan notöğri foydalanganligi uçun javobgar böladi.
4.6. Bemorning hayoti va soğliğiga xavf tuğdiruvçi holat haqida şifokorga öz vaqtida xabar bermaganligi uçun javob beradi.
4.7. Içki mehnat tartibi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.
5. PATRONAJ HAMŞIRASI BILIŞI LOZIM
5.1. Hamşiralik işi asoslarini.
5.2. Birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini taşkil etiş tartibini.
5.3. Patronaj xizmatining asosiy vazifalarini.
5.4. Homilador ayollar, tuğruqdan keyingi ayollar, çaqaloqlar va bolalarga patronaj xizmatini körsatiş asoslarini.
5.5. Profilaktik tibbiyot va skrining tadbirlarining asoslarini.
5.6. Birinçi tibbiy yordam körsatiş qoidalarini.
5.7. Sanitariya-gigiyena, aseptika va antiseptika qoidalarini.
5.8. Tibbiy etika va deontologiya qoidalarini.
5.9. Tibbiy hujjatlarni yuritiş tartibini.
5.10. Soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş usullarini.
6. IŞ FAOLIYATINI TAŞKIL ETIŞ
6.1. Patronaj hamşirasi öz işini tasdiqlangan iş jadvali va patronaj rejasiga muvofiq taşkil etadi.
6.2. Uyga taşrif davomida bemor va oila a’zolari bilan xuşmuomalalik va tibbiy etika qoidalariga rioya qilgan holda muloqot qiladi.
6.3. Taşrif davomida aniqlangan tibbiy muammolar haqida mas’ul şifokorga öz vaqtida ma’lumot beradi.
6.4. Amalga oşirilgan patronaj taşriflari va bajarilgan işlar töğrisidagi hujjatlarni belgilangan tartibda yuritadi.
6.5. Iş faoliyati natijalari muassasada belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
🕐 Iş şaroitlari
grafik asosida