Оила шифокори (врачи) / Оила шифокори (врачи)
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Шифокорлар |
| 💰 Maosh | 4 229 129 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | davolash ishi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-20 |
📋 Talablar
Umumiy amaliyot vrachining vazifalari quyidagilardan iborat:
6. Biriktirilgan aholiga, alohida bemorlarga, shuningdek butun oila a’zolariga ham, ularning sog‘lig‘ini himoya qilish, profilaktika va tez-tez uchraydigan kasalliklarni davolash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
7. Bemorlarni ixtisoslashgan tibbiy muassasalarga maslahat uchun va yotqizib davolash uchun o‘z vaqtida yuborish.
8. Xizmat ko‘rsatilayotgan hududdagi aholiga, standartlarga muvofiq va mavjud jihoz va uskunalardan kelib chiqib, shifoxonagacha bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordamni ko‘rsatish.
9. Xonadonlarga tashrif buyurish, xizmat ko‘rsatilayotgan aholi orasida kasalliklar, shikastlanishlar, nogironlik, o‘limning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.
10. Sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish (oqilona ovqatlanishni maslahat berish, kashandalikka, ichkilikbozlikka qarshi kurash, jismoniy tarbiy va sport bilan shug‘ullanishning afzalliklari).
11. Sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuini tashkil etish va o‘tkazish: profilaktik emlashlar, biriktirilgan hududdagi va uy xujaliklaridagi sanitariya holatining umumiy nazorati, yuqumli kasalliklar o‘choqlarida kuzatish tadbirlarini o‘tkazish, xizmat ko‘rsatilayotgan hududda epidemiya vaziyatini tahlil qilish, biriktirilgan aholini xavfli epidemiyali vaziyatlar to‘g‘risida ogohlantirish.
12. Homiladorlarning muntazam nazoratini tashkil etish, xonadonlarida ularning patronajini amalga oshirish, zarur xolatlarda kechikmasdan ularni mutaxassislarga yo‘naltirish, har bir homiladorning tug‘ishi uchun tug‘ruqdan oldin DPM (davolash profilaktika muassasasi)ni to‘g‘ri tanlash, tug‘ruqdan keyingi kuzatuv va tug‘ruqdan keyingi davrning fiziologik jarayoni tugagach hisobdan chiqarish, tug‘ma nuqsonlar va nasliy kasalliklar sonini kamaytirish.
13. Biriktirilgan aholini sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish bo‘yicha tadbirlar majmuini tashkil etish va amalga oshrish, shu jumladan:
-o‘sayotgan avlodni sog‘lomlashtirish;
-onalar va bolalar salomatligi muhofazasi;
-istalmagan homiladorlikni oldini olish, oilaviy hayotning etikasi, psixologiyasi, gigienasi, ijtimoiy va boshqa masalalar;
-homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr;
-ko‘krak suti bilan boqish;
-to‘g‘ri ovqatlanish;
-sanitariya va gigena asoslari.
14. Yolg‘iz qolgan, keksa, nogiron, surunkali bemorlarga ijtimoiy yordam xodimlari bilan hamkorlikda patronaj hamda tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish.
15. Biriktirilgan aholi o‘rtasida kasalliklarni erta aniqlash maqsadida profilaktika hamda maqsadli tibbiy ko‘riklarni, biriktirilgan aholi (bolalar, o‘smirla, tug‘ish yoshidagi ayollar, surunkali kasalligi mavjud bemorlar) dispanserizatsiyasini tashkil etish va amalga oshirish.
16. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga (sil, teri-tanosil kasalliklari, xavfli o‘smalar, OIV infeksiyasi) qarshi kurash bo‘yicha davolash – profilaktika tadbirlarini o‘tkazish.
17. Aholining kasallanishlari va biriktirilgan aholining ishga layoqatini vaqtinchalik yoki turg‘un yo‘qotilishiga olib keluvchi kasalliklarning sababini o‘rganish, kasallanishlar va shikastlanishlarni kamaytirish kamaytirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish.
18. Tibbiy hizmatlarning sifat va samarasini oshirish uchun biriktirilgan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkiliy shakllari hamda uslublarini rivojlantirish va takomillashtirish.
19. Vaqtinchalik ishga layoqatsizlik holatlari ekspertizasini belgilangan tartibda o‘tkazish; Sog‘liqni saqlash vazirligining yo‘riqnomasiga muvofiq salomatligi va ish layoqati holati ekspertizasini amalga oshirish uchun kasallarni VMK va VMEKga yo‘naltirish.
20. Xududiy DSENni aniqlangan yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va favqulodda holatlar yuzasidan o‘z vaqtida ogohlantirish.
21. Biriktirilgan aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalgan oshirish uchun jamoatni keng jalb etish.
22. Tasdiqlangan hisob va hisobot xujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida yuritish.
23. Bemorlarning huquqlarini, shu jumladan bemor haqidagi tibbiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash.
24. Mavjud tibbiy uskunalar, jihozlar va mulkning butligini hamda samarali ishlatilishini ta’minlash.
25. Tug‘ruq muassasasi, ayollar maslahatxonasi bilan doimiy aloqani o‘rnatish va xomilador ayollar, ayniqsa “xavf” guruhiga kiruvchilarni, nazorat qilishda izchillikka rioya qilish.
26. Tug‘ruq majmuasidan chiqarilgandan so‘ng birinchi 2-3 kun ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tibbiy hamshira bilan birga xonadonlarga borib ko‘rish, salomatlik guruhini aniqlash, o‘zgarishlarni kuzatuv rejasini va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tuzish.
27. Bolalarni poliklinikada qabul qilish, ularning jismoniy va asab-ruhiy rivojlanishini baholash, to‘g‘ri ovqatlanish tartibi, raxitning maxsus va xosbo‘lmagan profilaklik tadbirlarini tayinlash.
28. Bolalarni boshqa ixtisosli vrachlar maslahatiga va zarur laboratoriya tekshiruvlariga yuborish.
29. Chaqiruv bo‘lgan kunidayoq bemorlar xonadoniga tashrif buyurish, ularga zarur tibbiy yordamni ko‘rsatish, kasallar tuzalguniga qadar nazoratni amalga oshrish; hayotininig birinchi yilida kasal bo‘lgan chaqaloqni har kuni nazorat qilib turish, zarur hollarda bolani zudlik bilan shifoxonaga yo‘llash uchun barcha choralarni ko‘rish. Uchastkada, qandaydir bir sabablar bilan shifoxonaga yo‘llanmagan og‘ir bemorlar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘iga xabar berish.
30. Uchastka hamshirasi bilan birgalikda profilaktik emlashlarni rejalashtirish:
-profilaktik emlashlar rejasini bir yilga va joriy oyga tuzish;
-emlashlarga tibbiy qarshiliklari bo‘lgan bolalarni nazoratga olish, ularni sog‘lomlashtirish va kelgusida emlash;
-emlashlarga uzoq muddatli qarshiliklari bo‘lgan bolalarni, vaksinatsiyalash masalasini hal etish uchun immunologik komissiyasiga xavola etish;
-vaksinatsiyadan so‘ng asoratlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan bolalarning “xavf guruhi”ni ajratish;
-emlangan bolalarning tibbiy nazoratini, patronajini amalga oshirish;
-har oyning oxirida profilaktik emlash rejasining bajarilishini taxlil qilish.
31.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va xomiysining roziligisiz zarur xujjatlarni rasmiylashtirmasdan tibbiy muolajalari o‘tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiena va epidemiologik chora-tadbirlari o‘tkazmaslik;
32.Yosh bolalarni va chaqaloqlarni amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravishda asrab olish borasida maslahat bermaslik;
33.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo‘llanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik;
34.Vrachlik siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik;
35.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh vrach ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik;
36.Odob-ahloq qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilish;
📌 Vazifalar
1. Umumiy amaliyot vrachi-umumiy pediatr vrach, umumiy amaliyot vrachi-pedagog, umumiy amaliyot pediatri-pedagog (keyinga o‘rinlarda UAV) – “davolash ishi” (“umumiy amaliyot vrachi”), “pediatriya ishi” ixtisosligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan diplomli mutaxassis bo‘lib, poliklinikaga biriktirilgan aholiga jinsi va yoshdan qat’i nazar ko‘p ixtisosli birlamchi vrachlik tibbiy yordamini ko‘rsatish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish huquqiga ega.
2. Umumiy amaliyot vrachi lavozimiga umumiy amaliyot vrachi diplomiga ega bo‘lgan yoki ixtisosligi boshqa bo‘lgan, umumiy amaliyot vrachi mutaxassisligi bo‘yicha dasturni muvaffaqiyatli tugatgan va malakaviy tavsifi talablariga muvofiq sertifikat olgan vrach tayinlanadi.
3. Umumiy amaliyot vrachi yakka tartibda yoki boshqa vrachlar bilan birgalikda (guruh amaliyoti) yordam ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatilayotgan aholining ijtimoiy-demografik tarkibidan kelib chiqqan holda, vrachlar guruhiga boshqa mutaxassislar, shu jumladan ijtimoiy soha xodimlari qo‘shilishi mumkin.
4. Umumiy amaliyot vrachi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlashga tegishli regional va hududiy boshqaruv organlari buyruqlari va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlariga hamda mazkur yo‘riqnomaga amal qiladi.
5. Umumiy amaliyot vrachi poliklinikaning bosh vrachi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mos ravishda lavozimga tayinlanadi va bo‘shatiladi.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida