#
Aktiv
#

Фуқаролар ва ташкилотларнинг тез тиббий ёрдам сифати бўйича мурожаатлари билан ишлаш бўлими бош мутахассис / Фуқаролар ва ташкилотларнинг тез тиббий ёрдам сифати бўйича мурожаатлари билан ишлаш бўлими бош мутахассис

2 565 196 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 25.10.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Маъмурий-бошқарув ходимлари
💰 Maosh 2 565 196 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Bosh mutaxassis lavozimiga oliy ma’lumotli, tibbiyot yoki ijtimoiy sohada yetarlicha ish tajribasiga ega, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada biluvchi, axborot xavfsizligi talablariga rioya qiluvchi, o‘zbek tilini mukammal biladigan hamda lotin yozuvini to‘g‘ri qo‘llay oladigan xodim tayinlanadi.
⏳ Ish tajribasi 1 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-10-21

📋 Talablar

Bosh mutaxassis lavozimiga oliy ma’lumotli, tibbiyot yoki ijtimoiy sohada yetarlicha ish tajribasiga ega, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada biluvchi, axborot xavfsizligi talablariga rioya qiluvchi, o‘zbek tilini mukammal biladigan hamda lotin yozuvini to‘g‘ri qo‘llay oladigan xodim tayinlanadi.

📌 Vazifalar

Fuqarolar va tashkilotlardan tushgan murojaatlarni qonunchilik talablari asosida qabul qilish, ro‘yxatga olish, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqishni tashkil etishda ishtirok etish.
Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonasi, SSV veb-sayti, ishonch telefonlari, pochta, elektron tizimlar orqali kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va ijrosini nazorat qilish.
Murojaatlar bo‘yicha tahliliy jadvallar, hisobotlar va xulosalarni tayyorlashda bevosita ishtirok etish va yuqori tashkilotlarga (SSV, RTTYoM, viloyat hokimligi) taqdim qilishga ko‘maklashish.
Filial rahbariyati va yuqori tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlashga oid topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.
Murojaatlar asosida xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berish.
Shikoyatlar va murojaatlardagi jinoyat yoki intizomiy buzilish holatlari bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish uchun filial direktoriga bildirgi kiritish.
Murojaatlarda ko‘rsatilgan holatlarni joyiga chiqib o‘rganishda va tushuntirish xatlari olishda bo‘lim mudiriga ko‘maklashish.
Jarayonlarni takomillashtirish va yengillashtirish yuzasidan amaldagi tartiblarni o‘rganib, takliflar ishlab chiqish.
Har chorakda tahliliy yig‘ilishlar tashkil etishda ishtirok etish, statistik xulosalar tayyorlash.
Murojaatlar bilan ishlash faoliyatini “Elektron murojaatlar portali”, “Edo Ijro uz” va boshqa tizimlarda yuritish, axborotlarni kiritish va yangilash.
O‘z faoliyatida Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-martdagi “Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi” to‘g‘risidagi 88-son buyrug‘i va Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori tomonidan 2025-yil 12-fevralda tasdiqlangan “Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida”gi 16/ICH-son buyrug‘i talablariga qat’iy rioya etish.

🕐 Ish sharoitlari

Haftalik 5 ish kuni (dushanba-juma)

Google xarita

None