Умумий амалиёт шифокори / Умумий амалиёт шифокори
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Умумий амадиёт шифокори |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | umumiy amaliyot shifokori |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-22 |
📋 Talablar
1. Tibbiyot brigadasining oilaviy shifokori (Keyinchalik-oilaviy shifokor) - vrach umumiy pediatr, umumiy amaliyot vrachi - pedagog, vrach umumiy pediatr - pedagog, «davolash ishi» (umumiy amaliyot shifokori), «pediatriya ishi» mutaxassisliklari bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotiga. jinsi va yoshidan qat’i nazar o‘ziga biriktirilgan aholiga keng ko‘lamdagi vrachlik birinchi tibbiy yordami ko‘rsatish va profilaktik tadbirlar o‘tkazish huqukiga ega bo‘lgan diplomli mutaxassisdir.
2. Oilaviy shifokor malakaviy tavsif talablariga muvofik bilim va malakaga ega bo‘lishi, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish uchun tegishli amaliy ko‘nikmalarni mustakil bajara olishi kerak;
Jumladan, oilaviy shifokor biriktirilgan aholining muassasada va uyda ko‘riklarini, kasalxonagacha birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni, profilaktik, immunologik, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi, diagnostika-davolash va reabilitatsiya tadbirlari majmuini amalga oshiradi.
3. Oilaviy shifokorga tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish uchun aholi soni muassasa rahbari tomonidan biriktirib beriladi, ayrim holatlarda bemor/mijozlarning xohishiga ko‘ra erkin biriktirilishi ham mumkin. Har ikkala holatda ham bu aholi soni umumiy biriktirilgan aholi soni sifatida hisobga olinadi.
4. Oilaviy shifokor barcha tashkiliy masalalar bo‘yicha bevosita muassasa rahbariga bo‘ysunadi hamda bosh shifokor o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i (mavjud bo‘lganda) oila shifokoriga tizimli uslubiy yordam beradi.
5. Oilaviy shifokor o‘z faoliyatini Uzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruq va yo‘riqnomalari, tegishli Sog‘liqni saqlash hududiy organlari, tuman/shahar tibbiyot birlashmasi va davolashprofilaktika muassasasi rahbarining buyruk va ko‘rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga ko‘ra amalga oshiradi.
6. Oilaviy shifokorni lavozimga tayinlash va ozod qilish amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda, muassasa rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
📌 Vazifalar
11. Oilaviy shifokorning huquqlari quyidagilardan iborat
muassasa rahbari va yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash boshqaruv va boshqa manfaatdor idoralarga biriktirilgan aholiga tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish;
tibbiy-sanitariya yordam masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, faoliyati umumiy amaliyot shifokorining maqsad va vazifalariga tegishli bo‘lgan turli jamoat va kasbiy tashkilotlarga a’zo bo‘lish;
o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustaqil o‘qish. sog‘liqni saqlash boshqaruv va malaka oshirish muassasasi tomonidan tashkil etilgan qisqa muddatli sikl va seminarlarda ishtirok etish yo‘li bilan takomillashtirish;
o‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun har besh yilda bir marta Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi yo‘riqnomalariga muvofiq attestatsiyadan o‘tish;
boshqa mutaxassis va tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan va vakolatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarda ishtirok etish;
o‘z vakolat doirasiga kirmaydigan vazifalar yuklatilganda undan bosh tortish;
12. Oilaviy shifokor o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
13. Oilaviy shifokor aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va hamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida