тиббий бригада ҳамшираси / тиббий бригада ҳамшираси
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Умумий амалиёт бўлими |
| 💰 Maosh | 2 229 728 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Ko'rsatilmagan |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | tibbiyot hamshirasi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2025-07-30 |
📋 Talablar
8. Oila hamshirasi quyidagi hukuqlarga ega:
muassasa rahbari va oila shifokori, katta hamshira/feldsherga mehnatni tashkil etish, zarur dori-darmon vositalari, asbob-uskunalar, tibbiyotga oid buyumlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha, shuningdek o‘z vakolati doirasida aholiga ko‘rsatiladigan davolash-profilaktika yordamini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflar berish;
oila hamshirasi biriktirilgan xududda davolash-profilaktika va tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar (majlislar)da ishtirok etish;
o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini o‘z ustida uzluksiz ishlash, sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslari va seminarlarda. shuningdek malaka oshirish kurslarida ishtirok etish takomillashtirish.
o‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun har besh yilda bir marta attestatsiyadan o‘tish.
9. Oila hamshirasi o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
10. Oila hamshirasi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish. mijoz va hamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.
📌 Vazifalar
1. Tibbiyot brigadasining oila (patronaj) hamshirasii (Keyinchalik -Oila hamshirasi) - “oliy hamshiralik ishi”, «umumiy amaliyot hamshirasi», «feldsher», “tibbiyot hamshirasi", «akusherka» kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki «umumiy amaliyot hamshirasi» dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffakiyatli o‘tgan diplomli mutaxassisdir.
2. Oila hamshirasi ish faoliyatida biriktirilgan aholiga, jinsi va yoshidan qat’iy nazar birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va karantin, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi.
3. Oila hamshirasi oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasining boshka a’zolari hamda o‘zi mustakil ravishda oilaviy shifokorning bevosita nazorati ostida faoliyat yuritadi.
4. Oila hamshirasi o‘z ish faoliyatida tashkiliy-uslubiy masalalar bo‘yicha bevosita nazorat qiluvchi oilaviy shifokorga va umumiy amaliyot hamshirasiga, maxsus hamshiralik ishi masalalari bo‘yicha - bosh, katta hamshira/feldsherga, umumiy masalalar bo‘yicha esa muassasa rahbariga bo‘ysinadi.
5. Oila hamshirasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi buyruq va yo‘riqnomalari, tegishli Sog‘liqni saqlash hududiy organlari, tuman/shahar tibbiyot birlashmasi va davolashprofilaktika muassasasi rahbarining buyruq va ko‘rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga ko‘ra amalga oshiradi.
6. Oila hamshirasini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda, muassasa rahbari tomonidai amalga oshiriladi.
🕐 Ish sharoitlari
tasdiqlangan grafik asosida