#
Aktiv
#

Тиббиёт бригада ҳамшираси / Тиббиёт бригада ҳамшираси

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 10.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi ўрта тиббиёт ходимлар бўлими
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Ko'rsatilmagan
🏷️ Yo'nalish / surcharge 1. Tibbiyot brigadasining oila (patronaj) xamshirasii (Keyinchalik -Oila xamshirasi) - "oliy xamshiralik ishi”, «umumiy amaliyot xamshirasi», «feldsher», "tibbiyot xamshirasi"', «akusherka» kasbiy yunalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki «umumiy amaliyot xamshirasi» dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffaqiyatli o‘tgan diplomli mutaxassisdir
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun ✅ Ha
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2025-08-12

📋 Talablar

Oila xamshirasi o‘z vakolati doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
oila shifokori boshchiligida, tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalar bo‘yicha yillik rejasini tuzish va undan kelib chiqib, o‘zining oylik, xaftalik va kunlik vazifalarini belgilash;
biriktirilgan aholiga, oilaning barcha a’zolariga kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari bo‘yicha tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish;
xomilador va chilla davridagi ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘rigini xonadonlarda )o‘tkazish, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar va extiyojmand kontingent (yolg‘iz kariyalar, yotib kolgan bemor va nogironlar) universal-progressiv usulda patronaj tashriflarini o‘tkazish;
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, 18-40 yoshdagi aholini profilaktik ko‘riklar, surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlarni dispanser ko‘riklariga taklif etish;
kasalliklarni erta aniqlash maqsadida xavf guruxiga mansub axolini skrining dasturlari bilan qamrab olishda ishtirok etish (xonadonda surovnomalardan o‘tkazish, antropometrik o‘lchovlar va fizikal tekshiruvlarni amalga oshirish);
surunkali kasalligi bor bemorlarning oila shifokori bilan birga dinamik kuzatuvlarini amalga oshirish, individual reja asosida sog‘lomlashtirish- reabilitatsiya tadbirlari o‘tkazilishida ishtirok etish;
kasalliklar profilaktikasi maqsadida profilaktik emlashlarga taklif etish va emlashdan keyingi nazoratni amalga oshirish;
axoli orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish shaxsiy va xonadon gigienasiga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish. kun tartibini oqilona rejalashtirish va tashkillashtirish, zararli odatlarga qarshi kurashish masalalarida aholi orasida (maxallada, xonadonlarda) targ‘ibotni zamonaviy usullarda o‘tkazish;
xamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllashtirish, jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ommaviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va qatnashish, “Salomlik maktabi” faoliyatini amalga oshirish;
ko‘krak suti bilan boqish, ayollar va bolalarni ratsional ovqatlantirish, ota- onalar va bolalar o‘rtasida bog‘liqlikni rivojlantirish, oilada bola uchun xavfsiz muhit yaratish, jarohatlar va baxtsiz xodisalarning oldini olish, bolalarda motorika va nutqni rivojlantirishda kechikish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar berish.
surunkali kasallikka chalingan bemorlarni o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish maqsadida “Profilaktika maktablari” ga jalb etish;
sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish, bunda biriktirilgan xudud va uy xo‘jaliklarining sanitariya-gigiena holatini umumiy nazorat qilish, aholini epidemiologik xavfli holatlar xaqida ogohlantirish, yuqumli kasalliklar aniqlangan “o‘choq”larda observatsiya tadbirlarini o‘tkazish;
shikastlanish, zaxarlanish va o‘tkir xolatlarda aholiga shifokorgacha tibbiy yordam ko‘rsatish;
oilaviy shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra “uydagi shifoxona” sharoitida davolanayotgan bemorlarni nazorat qilish va tegishli tibbiy muolajalarni sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilgan holda bajarish.
Oila xamshirasi quyidagi huquqlarga ega:
muassasa raxbari va oila shifokori, katta xamshira/feldsherga mehnatni tashkil etish, zarur dori-darmon vositalari, asbob-uskunalar, tibbiyotga oid buyumlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha, shuningdek o‘z vakolati doirasida axoliga ko‘rsatiladigan davolash-profilaktika yordamini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflar berish;
oila xamshirasi biriktirilgan hududda davolash-profilaktika va tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar (majlislar)da ishtirok etish;
o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini o‘z ustida uzluksiz ishlash, sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladigan qiska muddatli o‘quv kurslari va seminarlarda, shuningdek malaka oshirish kurslarida ishtirok etishni takomillashtirish.
o‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun xar besh yilda bir marta attestatsiyadan o‘tish.
Oila xamshirasi o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
Oila xamshirasi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va xamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.

📌 Vazifalar

2. Oila xamshirasi ish faoliyatida biriktirilgan aholiga, jinsi va yoshidan kat’iy nazar birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va karantin, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi.
3. Oila xamshirasi oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasining boshka a’zolari hamda o‘zi mustaqil ravishda oilaviy shifokorning bevosita nazorati ostida faoliyat yuritadi.
4. Oila xamshirasi o‘z ish faoliyatida tashkiliy-uslubiy masalalar bo‘yicha bevosita nazorat qiluvchi oilaviy shifokorga va umumiy amaliyot xamshirasiga, maxsus xamshiralik ishi masalalari bo‘yicha - bosh, katta xamshira/feldsherga, umumiy masalalar bo‘yicha esa muassasa rahbariga bo‘ysunadi.
5. Oila xamshirasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi buyruq va yo‘riqnomalari, tegishli Sog‘likni saqlash xududiy organlari, tuman/shaxar tibbiyot birlashmasi va davolash profilaktika muassasasi rahbarining buyruq va ko‘rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga ko‘ra amalga oshiradi.
6. Oila xamshirasini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda, muassasa rahbari tomonidai amalga oshiriladi.

🕐 Ish sharoitlari

tasdiqlangan jadval asosida

Google xarita

None