#
Aktiv
#

Умумий амалиёт ҳамшираси / Умумий амалиёт ҳамшираси

2 453 666 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 04.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Umumiy amaliyot xamshirasi
💰 Maosh 2 453 666 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Ko'rsatilmagan
🏷️ Yo'nalish / surcharge Umumiy amaliyot hamshirasi
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2025-10-11

📋 Talablar

Umumiy amaliyot xamshirasi (UAX) – tibbiyot kollejini “xamshiralik ishi”, “davolash ishi”, “umumiy amaliyot xamshirasi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan,o‘rta tibbiy ma’lumotli, aholiga ko‘p qirrali birlamchi tibbiy profilaktik tadbirlari o‘tqazish huquqiga ega “umumiy amaliyot xamshirasi” yo‘nalishi bo‘yicha diplomdan keyingi tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassis hisoblandai.
2.UAXni ishga qabul qilish, tayinlash va ishdan bo‘shatishni boshqaruv davolash-profilaktika muassasa rahbari mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asoslangan holda amalga oshiradi, mehnatiga ko‘ra rag‘batlantirish va intizomiy jazo-choralari qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.
3.UAX o‘ziga biriktirilgan shifokorning bevosita yordamchisi hisoblanib, shifokor bilan birga aholining ambulator qabulini va xonadon qatnovlarini olib boradi, tez va shroshilinch yordam ko‘rsatadi, profilaktik, immunologik, sanitariya-epidemiologik, davolash tashhis qo‘yish, reabilitatsiya tabirlarini o‘tkazadi va oilaning tibbiy-ijtimoiy muammolarini hal qilishda qatnashadi.
3.
UAX o‘z funksional vazifalarini bajarishda, tashkiliy-uslubiy masalalarni hal etishda o‘ziga biriktirilgan shifokorga, kasbiy va maxsus masalalar bo‘yicha katta xamshira va muassasa bosh xamshirasiga, bo‘lim mudiri va bosh vrach muoviniga bo‘ysunadi.
4.UAX o‘z ish faoliyatida va ishini tashkillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Xukumat Qarorlari va farmoyishlari, Sog‘liqni saqlash Vazirligining buyruq, yo‘riqnomalari va qo‘llanmalari, yuqori tashkilotdan tushgan qaror-buyruqlar, bosh vrach buyruqlari, ko‘rsatmalari, xamda ushbu nizom asosida ishlaydi.

📌 Vazifalar

UAX hamshirasi o‘z vakolati doirasida UASh bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 1.Biriktirilgan aholiga, barcha oila a’zolariga kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatadi; 2.Homilador va chilla davridagi ayollar, fertil yoshidagi ayollar, emizikli ayollar, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘rigini xonadonlarda o‘tkazadi; 3.Maxalla faollari va ijtimoiy xodimlar bilan xamkorlikda yolg‘izlar, qariyalar, nogironlar, surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar ko‘rigini xonadonlarda o‘tkazib,tibbiy yordam ko‘rsatadi; 4.Yuqumli va surunkali kasalliklarni erta aniqlash maqsadida profilaktik va maqsadli tibbiy ko‘riklarda hamda biriktirilgan aholining, birinchi navbatda bolalar, o‘smirlar, tug‘ish yoshidagi ayollar, surunkali bemorlar va dekretiv kontingentning umumiy dispanserizatsiyasida ishtirok etadi; 5.Xizmat ko‘rsatish doirasidagi aholi orasida shikastlanish, nogironlik, baxtsiz holatlarning oldini olish va kamaytirish bo‘yicha tadbirlarda qatnashadi; 6.Sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi kompleks chora tadbirlar o‘tkazish: profilaktik emlashlar, biriktirilgan hudud va uy xo‘jaliklari sanitar holatini umumiy nazorati, aholi orasida epidemiologik vaziyatni barqaror saqlab turishda faol ishtirok etadi; 7.Aholini sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish, to‘g‘ri (ratsional) ovqatlanishni targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalariga o‘rgatish, shu jumladan, o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, oilani oqilona rejalashtirish va istalmagan xomiladorlikning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi.
8.Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, jumladan yuqumli, sil, teri-tanosil kasalliklari, xavfli o‘smalar, qandli diabet, OIV/OITS kasalliklari va giyoxvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha davolash-profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishda qatnashadi; 9.Bemor huquqlarini, shu jumladan, oshkor qilib bo‘lmaydigan va bemor to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotlarni saqlaydi; 10.Tibbiy hisob-kitob va hisobotga oid hujjatlarning tasdiqlangan shakllarini o‘z vaqtida va sifatli yuritadi.11.Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi me’yoriy hujjatlari asosida sanitariya-gigiena, aseptika va antiseptika qoidalariga, emlashdan keyingi asoratlar, virusli gepatitlar, OIV infeksiyasi va boshqa parazitar hamda yuqumli infeksiyalarni oldini olish choralariga rioya qiladi.

🕐 Ish sharoitlari

tasdiqlangan ish jadvali asosida

Google xarita

None