Умумий амалиёт ҳамшираси / Умумий амалиёт ҳамшираси
Янгихаёт тумани Кўргонтепа 24
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Умумий амалиёт бўлими |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Ko'rsatilmagan |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Hamshiralik ishi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2025-10-22 |
📋 Talablar
1. Tibbiyot brigadasining umumiy amaliyot hamshirasi - oliy hamshiralik ma’lumotiga yoki «hamshira», «umumiy amaliyot hamshirasi», «feldsher», «doya» kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki «umumiy amaliyot hamshirasi» dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffaqiyatli o‘tgan diplomli mutaxassisdir.
2. Umumiy amaliyot hamshirasi hamshiralik ishi doirasida. biriktirilgan aholiga, jinsi va yoshidan qat’i nazar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va kasalliklar oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi.
Buning uchun umumiy amaliyot hamshirasi tibbiy profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, surunkali kasalliklarni boshqarish, shifokorgacha bo‘lgan birinchi yordam ko‘rsatish, skrining dasturlari bo‘yicha tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
3. Umumiy amaliyot hamshirasi oilaviy shifokor va tibbiy brigadaning boshqa a’zolari bilan birgalikda o‘z lavozim vazifalari doirasida faoliyat olib boradi.
4. Umumiy amaliyot hamshirasi oila shifokorining bevosita nazoratidan tashkari mustaqil ravishda mijoz va bemorlarni qabul qilishi, shifokorgacha tibbiy- sanitariya yordami ko‘rsatishi mumkin.
5. Umumiy amaliyot hamshirasi o‘z joriy faoliyatida tashkiliy-uslubiy masalalar bo‘yicha bevosita otila shifokoriga, maxsus hamshiralik ishi masalalari bo‘yicha - muassasaning bosh/katga hamshirasi/feldsherga, umumiy masalalar bo‘yicha esa muassasa rahbariga bo‘ysunadi.
6. Umumiy amaliyot hamshirasi o‘z faoliyatini Uzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruq va yo‘riqnomalari. tegishli Sog‘liqni saqlash hududiy organlari, tuman/shahar tibbiyot birlashmasi va davolashprofilaktika muassasasi rahbarining buyruk va ko‘rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga ko‘ra amalga oshiradi.
7. Umumiy amaliyot hamshirasini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda, muassasa rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
📌 Vazifalar
8. Umumiy amaliyot hamshirasi o‘z vakolati doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
oila shifokori va tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalar bo‘yicha yillik rejasini tuzish va har bir xodimning vazifalarini belgilash;
biriktirilgan aholining profilaktik ko‘riklar, skrining dasturlari, dispanser nazorati va patronaj xizmatini tashkillashtirish maqsadida tarmoq rejasini tuzish, ushbu reja asosida oila hamshiralari va doyaning oylik, xaftalik, kunlik rejalarini belgilash, ijrosni nazorat qilib borish;
shifokor oldik ko‘rik xonasi faoliyatini tashkillashtirish, bunda xonada tegishli tibbiy asbob-uskuna, jihozlar, klinik protokol va qo‘llanmalarning, tegishli savolnoma. blanka, tarqatma materiallarning yetarli miqdorda bo‘lishi nazoratini amalga oshirish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;
mijozlarni shifokor oldik ko‘rik xonasida mustaqil qabul qilish, tegishli tekshiruv (antropometriya ko‘rsatkichlari, bo‘y-vazn indeksi (BVI), arterial qon bosimi va tana haroratini o‘lchash, nafas olish tezligi va puls sonini sanash, EKG, pikfloumetriya o‘tkazish, ko‘z o‘tkirligini aniqlash) va surishtiruvlarni o‘tkazish;
5 yoshgacha bolalarni jismoniy va psixomotor rivojlanishi monitoringi va baholash va onaga tegishli maslahatlarni berish;
18 yoshgacha tashkillashmagan bolalar, ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarini 1 yilda 1 marta chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarini tashkillashtirishda ishtirok etish;
Maqsadli kontingent hamda xavf guruxidagi aholining skrining ko‘riklarini dasturlari hamda bolalar, o‘smirlar va ayollarni vitamin va mikronutrientlar bilan ta’minlash dasturlari ijrosini ta’minlash;
yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillari aniqlangan mijozlarga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, ortiqcha vaznni oldini olish va xalos bo‘lish, xulk-atvorini o‘zgartirish uchun qisqa maslahatlar berish;
hayotida birinchi bor surunkali kasalliklar aniqlangan bemorlar uchun shifokor bilan birgalikda “Profilaktika maktabi" mashg‘ulotlarini o‘tkazish va o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha maslaxat berish (hamshiralik protokollari asosida);
surunkali kasallikka chalingan bemorlarni dispanser ko‘riklarni oila hamshiralari bilan birga tashkillashtirish va shifokor ko‘rigiga tayyorlash;
bolalar, o‘smirlarning ota-onalariga (sog‘lom bola parvarishi, ko‘krak suti bilan oziqlantirish va ratsional ovqatlanish. o‘tkir yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish, immunizatsiya, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari, bemor bola parvarishi masalalarida) maslahatlar berish;
o‘smir kizlar, ularning onalari, yosh kelinchak va ularning qaynonasiga reproduktiv salomatlik, istalmagan homiladorlikni oldini olish, homilador ayolning kun tartibi va oziqlanishi bo‘yicha tavsiyalar berish, hayotga xavf soladigan holatlardan ogohlantirish;
kontraseptiv vositalardan foydalanadigan tug‘ish yoshidagi ayollar dispanser nazoratini tashkil qilish, ularning kelishilgan jadval bo‘yicha oila shifokori yoki doya qabulida bo‘lishlarini nazorat qilish;
profilaktik va immunoprofilaktik, diagnostik tadbirlarni, davolash va fizioterapevtik muolajalarni bajarish, muassasaga shikastlanish, zaharlanish va o‘tkir holatlarda murojaatlarda shifokorgacha tibbiy yordam ko‘rsatish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish grafigi bo'yicha