#
Aktiv
#

Кардиолог шифокори (врачи) / Кардиолог шифокори (врачи)

Сергели тумани Қурувчи дахаси 2

2 448 889 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi тор мутахасислар бўлими
💰 Maosh 2 448 889 so'm
📊 Stavka 0.75 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge kardiolog shifokori
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2025-11-19

📋 Talablar

7. Tuman tibbiyot birlashmasi-markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasining bosh kardiologi o‘z faoliyatida “O‘R. fuqarolarining sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga, tuman tibbiyot birlashmasining bosh mutaxassislari va konsultantlari to‘g‘risidagi Nizomga va O‘R. SSV va ShSSBBning boshqa rasmiy xujjatlariga asoslanadi.
8. Tuman tibbiyot birlashmasi-markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasining bosh kardiologi zimmasiga quyidagilar yuklatiladi:
- Tegishli soha bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, shu jumladan:
- davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini takomillashtirish;
- muassasalarda birlamchi tibbiy xujjatlarni yuritish sifatiga e’tibor berish;
- soha bo‘yicha tibbiy statistik ma’lumotlar va hisobotlarning asosliligini va xaqqoniyligini muntazam ravishda shaxsan tekshirib borish;
- bu ishga markazlar, davolash-profilaktika muassasalaridagi malakali kadrlarni jalb etish;
- Sog‘liqni saqlash tizimining quyi bosqichlari va muassasalarida tegishli soha bo‘yicha olinadigan tibbiy-statistik ma’lumotlarni jamlash, umumlashtirish, tahlil qilish, ular asosida har yili muntazam taxliliy ma’lumotnomalar tayyorlash. Ushbu ma’lumotnomalarda sohani rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha aniq va asoslangan tavsiyalar berish;
- Tegishli soxa bo‘yicha tumandagi davolash-profilaktika muassasalariga amaliy va konsultativ yordam ko‘rsatish;
- O‘R. SSV tomonidan tasdiqlangan uslubiy materiallarga hamda ilmiy yangiliklar va kashfiyotlarni amaliyotga tadbiq etish rejalariga asosan ularni davolash-profilaktika muassasalari faoliyatida qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish va ushbu ishlarni amalga oshirilishini doimiy nazorat qilish;
- Tegishli soha bo‘yicha tibbiy kadrlarni va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha asoslangan istiqbolli rejalarni tayyorlash, ularni amalga oshirishni tashkil etish va ular ijrosini doimiy nazorat qilish;
- Tuman tibbiyot birlashmasi-markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasi xodimlari bilan birgalikda tegishli sohalar bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘imi muassasalari faoliyati uchun davolash-diagnostika standartlari va protokollarini muassasalar faoliyatiga tadbiq etish;
- “Asosiy dori-darmon vositalari va tibbiy ashyolar ro‘yxati” va “Xayotiy zarur dori-darmonlar va tibbiy ashyolar ro‘yxati”ni tuzishda ishtirok etish, tegishli yo‘nalishdagi davolash-profilaktika muassasalari uchun dori-darmonlar formulyari tuzishda ishtirok etish;
- Aholiga tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bo‘yicha fuqarolardan kelayotgan shikoyatlarni O‘R.ganish, ularning keltirib chiqaruvchi sabablarini aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur tadbirlarni tashkil etish.
9. Tuman bosh kardiologi quyidagi xuquqlarga ega:
- O‘z sohasi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini nazorat qilish, uni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish va ular ijrosini nazorat qilish;
- aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, dori-darmonlar, tibbiy ashyolar va boshqa moddiy-texnika resurslaridan unumli foydalanish;
- tegishli soxalar faoliyatini tahlil etish va zarur bo‘lgan hollarda mutaxassislarning egallab turgan lavozimlariga loyiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kirish;
- Ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari Ilmiy Kengashlarida ayollarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash muassasalariga amaliy-uslubiy yordamni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokamasida ishtirok etish va tegishli takliflar kiritish;
10. Tuman bosh kardiologi o‘z sohasi bo‘yicha tuman aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, tibbiyotga yangi davolash-diagnostika uslublarini, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini tadbiq etish, joylarda tegishli tibbiy xizmat yo‘nalishi bo‘yicha holatni muhokama qilish maqsadida tuman mutaxassislarini ilmiy tibbiy jamiyatlar yig‘ilishlariga taklif etadi.
11. Bosh kardiolog o‘z bilimini, tajribasini, ish uslublarini muntazam rivojlantiradi va takomillashtiradi, axoli O‘R.tasida zamonaviy tibbiy ilm-fan yutuqlarini targ‘ib qiladi.
12. Bosh kardiologining samarali faoliyati, sog‘liqni saqlash tizimining ma’lum yo‘nalishini rivojlantirishda qo‘shgan hissasi va qo‘lga kiritgan yutuqlarini inobatga olib, tuman tibbiyot birlashmasining tavsiyasiga binoan bosh mutaxassis (konsultant)ning asosiy ish joyida unga oylik maoshiga ko‘shimcha xaq to‘lanishiga ruxsat etiladi.













📌 Vazifalar

1. Tuman tibbiyot birlashmasi-markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasining bosh kardiologi lavozimiga tegishli sohaning yuqori malakali, yetuk va obro‘li, tashkilotchilik tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisi tayinlanadi.
2. Sog‘liqni saqlash tizimining asosiy, keng qamrovli, tizim rivojlanishida asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarida, hamda ijimoiy ahamiyatga molik kasalliklar bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi-markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasining bosh kardiologi tayinlanadi.
3. Tuman tibbiyot birlashmasi-markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasining bosh kardiologi birlashmaning boshliq muovini tavsiyasiga ko‘ra tibbiyot birlashmaning buyrug‘i bilan o‘z lavozimiga tayinlanadi yoki vazifasidan ozod etiladi.
4. Bosh kardiolog bevosita tuman tibbiyot birlashmasining boshlig‘iga va boshliq muoviniga bo‘ysunadi.
5. Tuman tibbiyot birlashmasi-markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasi bosh kardiologining asosiy vazifalari:
- Sog‘liqni saqlash tizimida istiqbolli ustivor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks dasturlar ishlab chiqishda qatnashish;
- Kasalliklarni oldini olish, ularni erta aniqlash, aholiga ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitlarida ko‘rsatilayotgan malakali va ixtisoslashgan tibbiy xizmat sifati va unumdorligini muttasil oshirish;
- Kardiologik xizmat yo‘nalishini rivojlantirish va ushbu soha uchun tibbiy kadrlar tayyorlashni rejalashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- Aholi sog‘lig‘ini himoya qilishning mahalliy xususiyatlari va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning milliy modeli talablaridan kelib chikqan holda tizimning kompleks va proporsional rivojlanishini ta’minlash;
- Davolash-profilaktika muassasalari faoliyatiga diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning yangi zamonaviy usullarini tadbiq etish, sog‘liqni saqlash tizimining mavjud moddiy resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish.
6. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda asosiy e’tibor aholi salomatligini mustaxkamlashga, kasallanish, mehnatga vaqtincha yaroqsizlik, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga qaratilmog‘i lozim.

🕐 Ish sharoitlari

TASDIQLANGAN ISH JADVALI ASOSIDA

Google xarita

None