Анестезиолог шифокори интенсив терапия палатасида / Анестезиолог шифокори интенсив терапия палатасида
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Интенсив-терапия бўлими |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Bolalar anesteziolog reanimatologi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-01-06 |
📋 Talablar
Navbatchi shifokor oliy malumotli shifokorlardan tayinlanadi. - Bosh shifokor yoki davolash ishlari bo’yicha bosh shifokor muovini tasdiqlagan ta’bel asosida navbatchilik qiladi. - Bosh shifokor, davolash ishlari bo’yicha bosh shifokor muovini, bo’lim boshlig’i, bo’lim mudiriga bo’ysunadi. - Navbatchi shifokorga xamshiralar,kichik tibbiy xodimlar bo’ysunadi. - Ish jarayonida raxbarlar va yuqori tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan farmon, buyruqlar, qoida va ko’rsatmalarga rioya qiladi. Navbatchi shifokor asosiy vazifasi bo’limlarda o’z vaqtida zarur yordam ko’rsatish va shifoxona ichki tartib qoidalariga rioya qilishni taminlash
📌 Vazifalar
Grafik asosida ishga tushadi. - Navbatchilikni o’z vaqtida qabul qilish va topshirish. - Navbatchilik vaqtida ish joyni tashlab ketmaslik. - Bo’limdagi bemorlar soni, bo’sh o’rinlar soni ,barcha axvoli og’ir bemorlar malumotlarini bo’lim mudiridan oladi. - Bo’limda va boshqa bo’limga ishlatiladigan narkotik va psixotrop vositalarini tayinlanishini nazorat kilib, ruxsat asosida muolaja qilinishini nazorat qilish. - Bo’limdagi barcha tibbiy apparaturalarni ishchi xolatda qabul qilish va ertasiga ishchi xolatda topshirish ( ish jarayonida nosoz bo’lgan apparaturalarni aloxida topirish). - Navbatchi tibbiy xodimlar o’z ish o’rnida ekanligini tekshiradi. - Bo’limdagi barcha axvoli og’ir bemorlarni ko’rib chiqib,kasallik tarixiga yozib boradi. - Bo’limdagi bezovta bo’lgan bemorlarga yordam ko’rsatadi va zarur bo’lsa boshqa mutaxassislarni maslaxatga chaqiradi. - Boshqa bo’limlarda axvoli og’irlashgan bemorlarni bo’lim navbatchchi shifokori bilan birgalikda ko’rib, reanimasiya bo’limiga zarurat bulsa o’tkazish va birgalikda loborotor tekshiruv, davo muolajalarini tayinlash. - Bo’limda navbatchilik davomida vafot qilgan bemor to’g’risida tegishi tartibda masul navbatchi shifokoga, bosh shifokorga,bosh shifokor davolash ishlari bo’yicha muoviniga,tuman bosh pediatri va bo’lim mudiriga xabar berish,(ertasiga Prokuratura,TumanIIBsiga va VSSBsiga yozma ravishda malumot berish ),1 yoshgacha vafot qilgan bemorlarni patalogoanotomik tekshiruvidan o’tkazish. - Shifoxona ichki tartib qoidasi buzilsa masul navbatchi shifokorga xabar beradi. - Favqulotda xodisa ro’y bersa masul navbatchi shifokorga xabar berish, bemorlarni evakuasiya qilishni tashkillashtirish. - Shifoxonadagi navbatchi xodimlar, bemorlar, bemor ko’rishga kelganlar sanitar-gigiyenik rejimga,yong’inga qarshi rejimga,shifoxona ichki tartib koidalariga rioya qilinishini nazorat qilish. - Shifoxonada bo’ladigan yig’ilishlar,klinik konfirensiyalarda ishtirok etish. - Oxirgi tibbiyot yangiliklaridan xabardor bo’lish. - Navbatchi shifokor majburiyatlarini bilish va unga rioya qilish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish grafigi asosida