#
Aktiv
#

Тиббиёт бригада ҳамшираси / Тиббиёт бригада ҳамшираси

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-2 mavzesi, Ahillik ko‘chasi, 10-uy.

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 07.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi умумий амалиёт
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #6
🏷️ Yo'nalish / surcharge 71/264-51-54 O'rta maxsus tibbiy ma'lumotga ega, davolash ishi, hamshirali ishi, feldsherlik ishi, akusherlik ishi yo'nalishini tamomlagan mutaxassis
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-01-22

📋 Talablar

71/264-51-54 O'rta maxsus tibbiy ma'lumotga ega, davolash ishi, hamshirali ishi, feldsherlik ishi, akusherlik ishi yo'nalishini tamomlagan mutaxassis

📌 Vazifalar

1. Tibbiyot brigada patronaj hamshirasi o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
2. Oila hamshirasi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va hamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.
3. oila shifokori boshchiligida, tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalar bo‘yicha yillik rejasini tuzish va undan kelib chiqib, o‘zining oylik, haftalik va kunlik vazifalarini belgilash;
biriktirilgan aholiga, oilaning barcha a’zolariga kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari bo‘yicha tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish;
homilador va chilla davridagi ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘rigini xonadonlarda) o‘tkazish, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ehtiyojmand kontingent (yolg‘iz qariyalar, yotib qolgan bemor va nogironlar) universal-progressiv usulda patronaj tashriflarini o‘tkazish;
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, 18-40 yoshdagi aholini profilaktik ko‘riklar, surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlarni dispanser ko‘riklariga taklif etish;
kasalliklarni erta aniqlash maqsadida xavf guruhiga mansub aholini skrining dasturlari bilan qamrab olishda ishtirok etish (xonadonda so‘rovnomalardan o‘tkazish, antropometrik o‘lchovlar va fizikal tekshiruvlarni amalga oshirish);
surunkali kasalligi bor bemorlarning oila shifokori bilan birga dinamik kuzatuvlarini amalga oshirish, individual reja asosida sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya tadbirlari o‘tkazilishida ishtirok etish;
kasalliklar profilaktikasi maqsadida profilaktik emlashlarga taklif etish va emlashdan keyingi nazoratni amalga oshirish;
aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish shaxsiy va xonadon gigienasiga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, kun tartibini oqilona rejalashtirish va tashkillashtirish, zararli odatlarga qarshi kurashish masalalarida aholi orasida (mahallada, xonadonlarda) targ‘ibotni zamonaviy usullarda o‘tkazish;
hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllashtirish, jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ommaviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va qatnashish, “Salomlik maktabi” faoliyatini amalga oshirish;
ko‘krak suti bilan boqish, ayollar va bolalarni ratsional ovqatlantirish, ota-onalar va bolalar o‘rtasida bog‘liqlikni rivojlantirish, oilada bola uchun xavfsiz muhit yaratish, jarohatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, bolalarda motorika va nutqni rivojlantirishda kechikish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar berish.
surunkali kasallikka chalingan bemorlarni o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish maqsadida “Profilaktika maktablari” ga jalb etish;
sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish, bunda biriktirilgan hudud va uy xo‘jaliklarining sanitariya-gigiena holatini umumiy nazorat qilish, aholini epidemiologik xavfli holatlar haqida ogohlantirish, yuqumli kasalliklar aniqlangan “o‘choq”larda observatsiya tadbirlarini o‘tkazish;
shikastlanish, zaharlanish va o‘tkir holatlarda aholiga shifokorgacha tibbiy yordam ko‘rsatish;
oilaviy shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra “uy shifoxona” sharoitida davolanayotgan bemorlarni nazorat qilish va tegishli tibbiy muolajalarni sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilgan holda bajarish.
4. Poliklinika ichki tartib qoidolariga rioya qilish.
5. Lavozim yo'riqnomasi bandlariga to'liq rioya qilib ularni o'z vaqtida va sifatli bajarish.

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None