Доя патранаж / Доя патранаж
Янгихаёт тумани Кўргонтепа 24
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Doya patranaj |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #8 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Akusherlik ishi, Feldsher doya |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-03 |
📋 Talablar
1. Tibbiyot brigadasining doyasi (Keyinchalik -doya) - “oliy hamshiralik ishi”, «umumiy amaliyot hamshirasi», «feldsher», "tibbiyot hamshirasi”, «akusherka» kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki «tibbiyot brigadasi doyasi» dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffakiyatli o‘tgan diplomli mutaxassisdir.
2. Doya ish faoliyatida biriktirilgan aholi orasidagi ayollar kontigentiga, jumladan, tug‘ish yoshidagi ayollar va qizlar, homiladorlar, yangi tuqkan ayollar tibbiy- sanitariya yordami ko‘rsatadi.
3. Doya oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari hamda o‘zi mustaqil ravishda oilaviy shifokorning bevosita nazorati ostida faoliyat yuritadi.
4. Doya o‘z ish faoliyatida tashkiliy-uslubiy masalalar bo‘yicha bevosita nazorat qiluvchi oilaviy shifokorga va umumiy amaliyot hamshirasiga. maxsus hamshiralik ishi masalalari bo‘yicha - bosh, katta hamshira/feldsherga hamda muassasaning umumiy masalalar bo‘yicha esa muassasa rahbariga bo‘ysinadi.
Shuningdek, o‘z faoliyatini muasasasaning akusher ginekologi va uning doyasi bilan bevosita hamkorlikda olib boradi, tegishliligi bo‘yicha ularning topshiriqlarini ham bajaradi.
5. Doya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruq va yo‘riqnomalari, tegishli Sog‘liqni saqlash hududiy organlari, tuman/shahar tibbiyot birlashmasi va davolashprofilaktika muassasasi rahbarining buyruq va ko‘rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga ko‘ra amalga oshiradi.
6. Doyani lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda, muassasa rahbari tomonidai amalga oshiriladi.
📌 Vazifalar
Oila shifokori boshchiligida, tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalari va lavozim vakolati doirasida yillik rejasini tuzish va undan kelib chiqib, o‘zining oylik, haftalik va kunlik vazifalarini belgilash.
8. Rejalashtirilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirish:
homilador, tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollarga universal-progressiv model bo‘yicha patronajini amalga oshirish;
homilador ayollarni 12 xaftagacha hisobga olish, antenatal ko‘riklarga taklif etish va oila shifokori bilan birgalikda qabulni amalga oshirish, oila shifokorining tavsiyalarini amalga oshirish;
irsiy kasalliklar va tug‘ma nuqsonlarni erta aniqlash maqsadida homilador ayollarning prenatal skriningdan o‘z vaqtida va to‘liq o‘tishlarini nazorat qilish;
istalmagan homiladorlikni oldini olish maqsadida ehtiyojmand ayollarni kontraseptiv vositalar bilan qamrash choralarini ko‘rish, akusher-ginekolog ko‘rigiga taklif etish, kontraseptiv vositalardan foydalanadigan fertil yoshdagi ayollar monitoringini yuritish;
xafv guruhiga mansub ayollar orasida skrining tekshiruvlarini amalga oshirish, so‘rovnoma va ko‘riklarni o‘tkazish, ayollarning jaryonidan to‘liq o‘tishlarini nazorat qilish;
reproduktiv salomatlikni muxofaza qilish, erta va kech homiladorlik hamda istalmagan homiladorlikni oldini olish masalalarida ayollar, o‘smir qizlar va ularning onalari bilan suhbat va uchrashuvlar o‘tkazish, bu masalalarda “Qizlar salomatlik markazi” bilan hamkorlikda faoliyat yuritish;
homilador, tuqqan ayollarda hayotga xavf soladigan holatlar omillarini aniqlash va ushbu bemorlar/oilalar uchun individual kuzatuv rejasini tuzish;
o‘z vakolati doirasida bemorlarga shifokorgacha birlamchi tibbiy yordamni ko‘rsatish va zarur holatlarda oilaviy shifokor. akusher-ginekologni chaqirish
🕐 Ish sharoitlari
grafik bo'yicha