Тиббий биргада дояси / Тиббий биргада дояси
Toshkent shaxar Chilonzor tumani 33-oilaviy poliklinika
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Умумий амалиёт хамшираси |
| 💰 Maosh | 2 453 666 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Ko'rsatilmagan |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-05 |
📋 Talablar
O'rta maxsus tibbiy ma'lumotga ega, akusherlik ishi yo'nalishi ni tamomlagan mutaxassis
📌 Vazifalar
Doya o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
2.
Doya aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va hamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.
3.
oila shifokori boshchiligida, tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalar bo‘yicha yillik rejasini tuzish va undan kelib chiqib, o‘zining oylik, haftalik va kunlik vazifalarini belgilash; 8.
Rejalashtirilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirish: homilador tug‘ruqdan keyingi davridagi ayollarga universal-progressiv model bo‘yicha patronajni amalga oshirish; homilador ayollarni 12 haftagacha hisobga olish, antenatal ko‘riklarga taklif etish va oila shifokori bilan birlikda qabulni amalga oshirish, oila shifokorining tavsiyalarini amalga oshirish; irsiy kasalliklarni va tug‘ma nuqsonlarni erta aniqlash maqsadida homilador ayollarning perinatal skriningdan o‘z vaqtida to‘liq o‘tishlarini nazorat qilish; istalmagan homiladorlikni oldini olish maqsadida ehtiyojmand ayollarni kontraseptiv vositalar bilan qamrash choralarini ko‘rish, akusher-ginekolog ko‘riga taklif etish, kontraseptiv vositalardan foydalanadigan fertil yoshdagi ayollar monitoringini yuritish; xavf guruhiga mansub ayollar orasida skrining tekshiruvlarini amalga oshirish, so‘rovnoma va ko‘riklarni o‘tkazish, ayollarning jarayonidan to‘liq o‘tishlarini nazorat qilish; reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, erta va kech homiladorlik hamda istalmagan homiladorlikni oldini olish masalalarida ayollar, o‘smir qizlar va ularning onalari bilan suhbat va uchrashuvlar o‘tkazish, bu masalalarda “Qizlar salomatlik markazi” bilan hamkorlikda faoliyat yuritish; homilador, tuqqan ayollarda hayotga xavf soladigan holatlar omillarini aniqlash va ushbu bemorlar/oilalar uchun individual kuzatuv rejasini tuzish; o‘z vakolati doirasida bemorlarga shifokorgacha birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va zarur holatlarda oilaviy shifokor, akusher-ginekologni chaqirish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish grafik asosida