#
Aktiv
#

Умумий амалиёт ҳамшираси / Умумий амалиёт ҳамшираси

Тошкент шахар Янгихаёт тумани 9-қурулиш худуди Мархамат мфй

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 06.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Amaliyot hamshira
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #6
🏷️ Yo'nalish / surcharge hamshiralik ishi
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-02-09

📋 Talablar

1. Tibbiyot brigadasining umumiy amaliyot xamshirasi - oliy xamshiralik ma’lumotiga yoki «xamshira», «umumiy amaliyot xamshirasi», «feldsher», «doya» kasbiy yunalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki «umumiy amaliyot xamshirasi» dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffakiyatli o‘tgan diplomli mutaxassisdir. 2. Umumiy amaliyot xamshirasi xamshiralik ishi doirasida, biriktirilgan aholiga, jinsi va yoshidan kat’i nazar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va kasalliklar oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi. Buning uchun umumiy amaliyot xamshirasi tibbiy profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, surunkali kasalliklarni boshqarish, shifokorgacha bo‘lgan birinchi yordam ko‘rsatish, skrining dasturlari bo‘yicha tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak. 3. Umumiy amaliyot xamshirasi oilaviy shifokor va tibbiy brigadaning boshqa a’zolari bilan birgalikda o‘z lavozim vazifalari doirasida faoliyat olib boradi. 4. Umumiy amaliyot xamshirasi oila shifokorining bevosita nazoratidan tashqari mustakil ravishda mijoz va bemorlarni qabul qilishi, shifokorgacha tibbiy- sanitariya yordami ko‘rsatishi mumkin. 5. Umumiy amaliyot xamshirasi o‘z joriy faoliyatida tashkiliy-uslubiy masalalar bo‘yicha bevosita oila shifokoriga, maxsus xamshiralik ishi masalalari bo‘yicha - muassasaning bosh/katta xamshirasi/feldsherga, umumiy masalalar bo‘yicha esa muassasa raxbariga buysunadi. 6. Umumiy amaliyot xamshirasi o‘z faoliyatini Uzbekiston Respublikasining amaldagi konunchiligi, Uzbekiston Respublikasi Soglikni saklash vazirligi buyruk va yuriknomalari, tegishli Soglikni saklash xududiy organlari, tuman/shaxar tibbiyot birlashmasi va davolashprofilaktika muassasasi raxbarining buyruk va kursatmalari, shuningdek mazkur Nizomga kura amalga oshiradi. 7. Umumiy amaliyot xamshirasini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish amaldagi mexnat qonunchiligida belgilangan tartibda, muassasa rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

📌 Vazifalar

Umumiy amaliyot xamshirasi o‘z vakolati doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: oila shifokori va tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalar bo‘yicha yillik rejasini tuzish va xar bir xodimning vazifalarini belgilash; biriktirilgan axolining profilaktik ko‘riklar, skrining dasturlari, dispanser nazorati va patronaj xizmatini tashkillashtirish maqsadida tarmok rejasini tuzish, ushbu reja asosida oila xamshiralari va doyaning oylik, xaftalik, kunlik rejalarini belgilash, ijrosni nazorat qilib borish; shifokor oldik ko‘rik xonasi faoliyatini tashkillashtirish, bunda xonada tegishli tibbiy asbob-uskuna, jixozlar, klinik protokol va ko‘llanmalarning, tegishli savolnoma, blanka, tarqatma materiallarning yetarli miqdorda bo‘lishi nazoratini amalga oshirish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash; mijozlarni shifokor oldik ko‘rik xonasida mustaqil qabul qilish, tegishli tekshiruv (antropometriya ko‘rsatkichlari, bo‘y-vazn indeksi (BVI), arterial qon bosimi va tana xaroratini o‘lchash, nafas olish tezligi va puls sonini sanash, EKG, pikfloumetriya o‘tkazish, ko‘z o‘tkirligini aniqlash) va surishtiruvlarni o‘tkazish; 5 yoshgacha bolalarni jismoniy va psixomotor rivojlanishi monitoringi va baxolash va onaga tegishli maslaxatlarni berish; 18 yoshgacha tashkillashmagan bolalar, ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchi va uquvchilarini 1 yilda 1 marta chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarini tashkillashtirishda ishtirok etish; Maqsadli kontingent hamda xavf guruxidagi axolining skrining ko‘riklarini dasturlari hamda bolalar, o‘smirlar va ayollarni vitamin va mikronutriyentlar bilan ta’minlash dasturlari ijrosini ta’minlash; yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillari aniqlangan mijozlarga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, ortiqcha vaznni oldini olish va xalos bo‘lish, xulq-atvorini o‘zgartirish uchun qiska maslaxatlar berish; xayotida birinchi bor surunkali kasalliklar aniqlangan bemorlar uchun shifokor bilan birgalikda “Profilaktika maktabi” mashg‘ulotlarini o‘tkazish va o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha maslaxat berish (xamshiralik protokollari asosida); surunkali kasallikka chalingan bemorlarni dispanser ko‘riklarni oila xamshiralari bilan birga tashkillashtirish va shifokor ko‘rigiga tayyorlash; bolalar, o‘smirlarning ota-onalariga (sog‘lom bola parvarishi, ko‘krak suti bilan oziqlantirish va ratsional ovqatlanish, o‘tkir yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish, immunizatsiya, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari, bemor bola parvarishi masalalarida) maslaxatlar berish; usmir kizlar, ularning onalari, yosh kelinchak va ularning qaynonasiga reproduktiv salomatlik, istalmagan xomiladorlikni oldini olish, xomilador ayolning kun tartibi va oziqlanishi bo‘yicha tavsiyalar berish, xayotga xavf soladigan xolatlardan ogoxlantirish; kontratseptiv vositalardan foydalanadigan tug‘ish yoshidagi ayollar dispanser nazoratini tashkil qilish, ularning kelishilgan jadval bo‘yicha oila shifokori yoki doya qabulida bo‘lishlarini nazorat qilish ; profilaktik va immunoprofilaktik, diagnostik tadbirlarni, davolash va fizioterapevtik muolajalarni bajarish, muassasaga shikastlanish, zaharlanish va o‘tkir xolatlarda murojaatlarda shifokorgacha tibbiy yordam ko‘rsatish.

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None