терапевт шифокори / терапевт шифокори
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Терапевт |
| 💰 Maosh | 2 570 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-17 |
📋 Talablar
1. Terapevt shifokori aholiga poliklinikada yuqori toifadagi kunduzgi shifoxonada terapevtik tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
2.Jarohat olgan, zaharlangan va og‘ir axvoldagi bemorlar murojaat etilganda turar joyidan qat’iy nazorat birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatadi.
3.Bemorlarni o‘z vaqtida klinik-diagnostik tekshiruvlaridan o‘tkazib, rejali ravishda tibbiy muolajalarini standart asosida belgilangan holda amalga oshiradi.
4. Kerakli vaqtda bemorlarni bo‘lim mudiriga va poliklinikadagi uchastka shifokori, hamda boshqa tor doiradagi mutaxassislarga va boshqa tibbiy tashkilotlarga konsultatsiyaga yuboradi.
5.Bemorlarning ishga qobiliyatsizlik davrida mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ochadi.
6. Axolini dispanserizatsiyasi bo‘yicha kompleks ishlarini tashkil etish (dispanser bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni ro‘yxatga olish, tibbiy-oqartuv ishlarini o‘tkazish va o‘z vaqtida davolash) nozologik formaga binoan dispanser ro‘yxatni to‘g‘ri tashkil etish dispanser ruyxatga kiruvchilar ustidan nazoratini sifatli tashkil etish va tahlil qilish;
7.Yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va davolash, o‘z vaktida bulim boshlig‘iga hisobot topshirish va yuqumli kasalliklar shifokoriga yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemorlar aniqlanganda va gumon qilinganda ma’lumot berish;
8.Oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, inson salomatligi, ayniqsa ayollar va o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligini muxofaza qilish, sog‘lom turmush tarziga sanitariya va gigiena me’yorlariga amal qilish haqida aholi orasida targ‘ibot ishlari olib borish;
9. Terapevt shifokorning ish vaqti bosh shifokor tasdiqlangan jadval asosida tuziladi;
10. Shifokor har 5 yilda o‘z tibbiy malaka saviyasini shifokorlar malaka oshirish institutida oshirish va malaka toifasini olish;
11.Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish me’yorlariga amal qilish;
📌 Vazifalar
1.Terapevt shifokori lavozimida faoliyat yuritgan holda sog‘liqni saqlash tizimiga oid barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga, SSV va Toshkent ShSSBB buyruq va ko‘rsatmalariga, tuman tibbiyot birlashma Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa lokal hujjatlarga to‘la rioya qilish va ulardagi talablari bekami-ko‘st bajarish;
2.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va homiysining roziligisiz zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tibbiy muolajalari o‘tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiena va epidemiologik chora-tadbirlari o‘tkazmaslik;
3.Yosh bolalarni va chaqaloqlarni amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravishda asrab olish borasida maslahat bermaslik;
4.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo‘llanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik;
5.Shifokorlik siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik;
6.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh shifokor ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik;
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida