Лаборант / Лаборант
Toshkent shahar Olmazor tumani Shifokorlar 2-7 m uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Суд-тиббий криминалистика бўлими |
| 💰 Maosh | 3 159 094 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Ko'rsatilmagan |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | laborant |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-17 |
📋 Talablar
Nomzod Sud tibbiyoti laboratoriya laboranti lavozimini egallashi uchun:
Olgan ta'lim diplomi bo‘yicha o‘rta maxsus tibbiyot ma'lumotga ega bo‘lishi;
Laboratoriya ishi, Davolash ishi, Akusherlik ishi, Hamshiralik ishi bo‘yicha olingan mutaxassisligi bazasi asosida “Sud tibbiyoti laboratoriyasi laboranti” yo‘nalishi bo‘yicha tegishli ixtisoslashtirishdan o‘tgan bo‘lishi;
Soha yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga va ish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Sog‘liqni saqlash sohasida sud\tibbiy ekspertizaga taaluqli bo‘lgan amaldagi qonunchilikdan, shu jumladan, Sud-tibbiy ekspertiza xizmati tuzilmalarida ekspertiza va tekshiruvlarni o‘tkazish qoidalaridan, SANitariya koidalari va gigiyenik normativlarini bilishi xamda idoraviy me'yoriy\huquqiy xujjatlardan xabardor bo‘lishi shart.
Sud tibbiyoti laboratoriya laborantini umumlashtirilgan mehnat vazifalari qo‘yidagilardan iborat:
- Sud tibbiyoti laboratoriya xizmatini tashkil qilish, laborator taxlillarni bajaradi;
- qo‘shimcha instrumental va (yoki) laborator tekshiruv uchun ob'ektlarni oladi;
- o‘lim xaqidagi vrach guvohnomasini rasmiylashtiradi;
- murda yoki uning qismlaridan olingan namunalarni instrumental va (yoki) laborator tekshiruvdan o‘tkazadi;
- ekspertiza materialariga qo‘shimcha instrumental va (yoki) biologik ob'ektlarning laborator tekshiruvlari natijalarini, shuningdek keltirilgan qo‘shimcha materialarni rasmiylashtirish;
- surtmalar, ajratmalar, kiymdagi iflosliklar va boshqa ob'ektlarni qo‘shimcha instrumental va (yoki) laborator tekshiruvlar uchun olish;
- Laborator va (yoki) instrumental ekspert tekshiruvlari uchun murdadan uning biron-bir qismlari, ichki a'zolar va to‘qimalar, qon, siydik va boshqa biologik materiallar olish;
- sud-tibbiy laboratoriyaga tekshiruvga yuborilgan ob'ektlarning ro‘yxati va uning natijalarini tartib raqami va qabul qilgan sanasi ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirishi;
- sud tibbiy ekspert tomonidan o‘tkazilgan tajribalarning ketma-ketligi va olingan natijalari, boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish uchun tergovchiga taqdim etilgan ob'ektlarning ro‘yxatini ma'lum bir ketma-ketlikda, tartib bilan tavsiflashni rasmiylashtirish;
- laboratoriya tekshiruvlari uchun namunalar olishda steril tibbiy asboblardan foydalanishi;
- Tekshiruv tugatilgandan so‘ng tibbiy asboblar dezinfektsiya qilinadi, sterilizatsiyadan oldin tozalaniladi va sterilizatsiyadan o‘tkazishi;
- Tekshiruv o‘tkazish jarayonida ekspert laborator tekshiruv uchun ob'ektlarni (qin, bachadon bo‘yni tashqi bo‘g‘zidagi moddalar, ko‘krak bezlari ajratmalari va boshqalar) oladi va ularni DSTEM tegishli tuzilmasiga yo‘llaydi;
- OIV – infektsiyasi, tanosil kasalliklar, trixomoniaz, xlamidioz va asosan jinsiy yo‘l bilan o’tishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar yuqqanlligini istisno etish uchun, tekshiriluvchi shaxslarni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga tekshiruv uchun yuboradi;
- Vrach sud-tibbiy ekspertga o‘z vakolati doirasida ekspert hujjatlarni texnik rasmiylashtirishni ta’minlaydi, tekshiruv natijalarini boshqa tuzilmalardan, konsuĺtantlardan, so‘rovnomalarga o‘z vaqtida olinishini nazorat kiladi;
Hujjatlarni lozim bo‘lgan hisob-kitoblarini yuritadi.
📌 Vazifalar
Laborant lavozimiga ish staji talab qilinmagan holda tegshishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘rta maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
Laborant bilishi lozim:
- sog‘liqni saqlash sohasida sud-tibbiy ekspertizaga taaluqli bo‘lgan qonunchilik, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni;
- laboratoriyaning sanitariya-gigiyena qoidalarini va ish tartibini;
- profil laboratoriya tekshiruvlarini laboratoriya asbob-uskunalaridan foydalangan holda o‘tkazish texnikasini;
- texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya va yong‘inga qarshi qoida va me’yorlarni;
- Filialning Ichki mehnat tartib qoidalarini;
1. Tekshiruvga keltirilgan ashyoviy dalillarni ro‘yxatga oladi, uning o‘rami va keltirilgan vaqti lozim bo‘lgan talablarga javob berishini tekshiraldi..
2. Laboratoriyadagi sud-gistologik tekshiruvlar uchun lozim bo‘lgan barcha narsalarni-laboratoriya asbob-uskunalari, reaktivlar, kimyoviy idishlar, lozim bo‘lgan muhit, bo‘yovchi va dezinfeksiyalovchi eritmalarni, instrumentlarni, ish jurnallarini, turli xil yorliqlarni tayyorlaydi.
3. Vrach sud-tibbiy ekspert raxbarligida tekshiruv amallarni o‘z vakolati doirasida o‘tkazadi.
4. Vrach sud-tibbiy ekspertga o‘z vakolati doirasida ekspert hujjatlarni texnik rasmiylashtirishni ta’minlaydi, tekshiruv natijalarini boshqa tuzilmalardan, konsuĺtantlardan, so‘rovnomalarga o‘z vaqtida olinishini nazorat qiladi.
5. Hujjatlarni lozim bo‘lgan hisob-kitoblarini yuritadi.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida