#
Aktiv
#

Шифокор -дерматовенеролог / Шифокор -дерматовенеролог

4 338 689 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 06.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Поликлиника бўлими
💰 Maosh 4 338 689 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Magistratura
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-02-20

📋 Talablar

. Maslahat poliklinika dematovenerolog shifokori lavozimiga dermatovenerologiya buyicha ixtisoslikdan o‘tgan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shifokor ishga qabul kilinadi.
2. Dematovenerolog shifokori filialning bosh shifokori tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan ozod etiladi.
3. Dematovenerolog shifokori bevosita poliklinika mudiriga, bosh shifokorga va davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokorning o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
4. Shifokor-dermatovenerolog o‘z ishida dermatovenerologik xona haqidagi nizom, mazkur nizom va SSV tomonidan tasdiqlangan boshqa hujjatlarga, shuningdek o‘zidan yuqori turuvchi rahbarlarlarning buyruqlari va ko‘rsatmalariga bo‘ysunadi.
5. Dematovenerolog shifokorining asosiy vazifasi, xizmat ko‘rsatilayotgan hudud aholisiga malakali dermatovenerolog xizmat ko‘rsatishdan iborat.

📌 Vazifalar

JIOYuI va teri kasalliklari bilan kasallangan bemorlarga tashhislash va davo yordamini ko‘rsatish.
2. Yuqumli teri kasalliklari va JYOYuI bilan kasallangan bemorlarda yuqish o‘choqlarini aniqlash, aniqlangan bemorlarni davolanishga jalb qilinadi va bemorning oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bemorlarni o‘z vaqtida davo olishini nazorat qilish.
3. Teri kasalliklari va JYOYuI bilan kasallangan, kasalxonaga yotqizilishga muhtoj bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida kasalxonaga joylashtirilishini nazorat qilish.
4. Teri va tanosil kasalliklarda vaqtinchalik mehnagga layoqatsizlikni ekspertiza qilish, mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish.
5. JYOYuI va yuqumli teri kasalliklari bilar kasallangan bemorlarni erta aniqlash maqsadida zamonaviy tekshirish usullaridan foydalangan holda muayyan aholi guruhlarini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish.
6. Maslahat yordamini ko‘rsatish, aniqlangan kasalliklar hisobotini yuritilishii nazorat qilish, ularning teri kasalliklar va JYOYuIga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni o‘rganish maqsadida sayyor shifokorlik brigadalarining qishloq joylaridagi ishlarda ishtirok etish, bunday ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha yo‘riqnomalar berish.
7. Barcha tuman (DPM) tibbiy xodimlarini jalb etgan holda JYOYuIni oldini olish bo‘yicha sanitariya-tashviqot ishlari rejasini tuzish va olib borish, bunda alohida e’tiborni o‘quvchilar bilan kontrasepsiya va jinsiy tarbiya masalalari bo‘yicha ishlashga qaratish.
8. Xizmat ko’rsatiladigan hududda JYOYuI (zaxm,so‘zak, trixomoniaz, xlamidioz,ureamikoplazmoz, genital uchuq, donovanoz, yumshoq shankr) va yuqumli teri kasalliklarini tahlil qilish Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziing Toshkent shahar hududiy filialining tashkiliy-uslubiy bo’limiga va tuman SEOJSXni xabardor qilish, kasallik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan aholi uchastkalarida tekshirish uchun joylarga borish hamda kasallanishni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.
9. Belgilangan muddatlarda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziing Toshkent shahar hududiy filialining tashkiliy-uslubiy bo’limiga yozma hisobotlarni taqdim etish, shu jumladan dispanser chaqirig‘i bilan og‘zaki hisobot berish. Sanitariya-epedimiolgiya osoyishtalik jamoat salomatligi xizmati boshqarmasiga bemorda birinchi marta zaxm, suzak, yumshoq shankr, venerik limfogranulematozi, donovanoz va yuqumli teri kasalliklari (qo‘tir, trixofitiya, mikrosporiya, favus) tashxislanganda tashxis belgilangan paytdan keyin 24 soat muddatda f.№089/u bo‘yicha shoshilinch xabarnoma yuborish.
10. O‘z kasbi malakasini muntazzam oshirib borish va ish faoliyatida kasallikni tashxislash, davolash va profilaktika ishlarini olib borish, yangi vositalarni ishlashning yangi tashkiliy shaklarini joriy etish, filialda o’tkaziladigan shifokorlar konfrensiyalarida faol ishtirok etish.
11. O‘z ishida ahloq va profissonal deontologiya meyorlariga, fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga oid qonunchilikka qat’iy rioya qilish, ish jarayonida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik.

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None