Патранаж хамшираси / Патранаж хамшираси
Янгихаёт тумани Кўргонтепа 24
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Patranaj hamshira |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Hamshiralik ishi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-28 |
📋 Talablar
oila shifokori boshchiligida, tibbiyot brigadasining boshka a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalar bo‘yicha yillik rejasini tuzish va undan kelib chiqib, o‘zining oylik, haftalik va kunlik vazifalarini belgilash;
biriktirilgan aholiga, oilaning barcha a’zolariga kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari bo‘yicha tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish;
homilador va chilla davridagi ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloklar ko‘rigini xonadonlarda o‘tkazish, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ehtiyojmand kontingent (yolg‘iz qariyalar, yotib qolgan bemor va nogironlar) universal-progressiv usulda patronaj tashriflarini o‘tkazish;
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni chukurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar. 18-40 yoshdagi aholini profilaktik ko‘riklar, surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlarni dispanser ko‘riklariga taklif etish;
kasalliklarni erta aniqlash maksadida xavf guruhiga mansub aholini skrining dasturlari bilan qamrab olishda ishtirok etish (xonadonda so‘rovnomalardan o‘tkazish, antropometrik o‘lchovlar va fizikal tekshiruvlarni amalga oshirish);
surunkali kasalligi bor bemorlarning oila shifokori bilan birga dinamik kuzatuvlarini amalga oshirish, individual reja asosida sog‘lomlashtirish- reabilitatsiya tadbirlari o‘tkazilishida ishtirok etish;
kasalliklar profilaktikasi maksadida profilaktik emlashlarga taklif etish va emlashdan keyingi nazoratni amalga oshirish;
aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish. shaxsiy va xonadon gigienasiga rioya qilish. to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish. kun tartibini oqilona rejalashtirish va tashkillashtirish, zararli odatlarga karshi kurashish masalalarida aholi orasida (mahallada, xonadonlarda) targ‘ibotni zamonaviy usullarda o‘tkazish;
hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllashtirish, jismoniy faollikni ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha ommaviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va katnashish. “Salomlik maktabi’’ faoliyatini amalga oshirish;
ko‘krak suti bilan bokish, ayollar va bolalarni ratsional ovqatlantirish, ota- onalar va bolalar o‘rtasida bog‘liqlikni rivojlantirish, oilada bola uchun xavfsiz muhit yaratish. jarohatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, bolalarda motorika va nutqni rivojlantirishda kechikish va boshkalar bo‘yicha tavsiyalar berish.
surunkali kasallikka chalingan bemorlarni o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish maqsadida “Profilaktika maktablari’ta jalb etish;
sanitariya va epidemiyaga karshi tadbirlarni o‘tkazish, bunda biriktirilgan hudud va uy xo‘jaliklarining sanitariya-gigiena holatini umumiy nazorat qilish, aholini epidemiologik xavfli holatlar haqida ogohlantirish, yuqumli kasalliklar aniqlangan “o‘choq”larda obervatsiya tadbirlarini o‘tkazish;
shikastlanish, zaharlanish va o‘tkir holatlarda aholiga shifokorgacha tibbiy yordam ko‘rsatish;
oilaviy shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra “uy shifoxona” sharoitida davolanayotgan bemorlarni nazorat kilish va tegishli tibbiy muolajalarni sanitari-gigiena qoidalariga rioya qilgan holda bajarish.
📌 Vazifalar
muassasa rahbari va oila shifokori, katta hamshira/feldsherga mehnatni tashkil etish, zarur dori-darmon vositalari, asbob-uskunalar, tibbiyotga oid buyumlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha, shuningdek o‘z vakolati doirasida aholiga ko‘rsatiladigan davolash-profilaktika yordamini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflar berish;
oila hamshirasi biriktirilgan xududda davolash-profilaktika va tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar (majlislar)da ishtirok etish;
o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini o‘z ustida uzluksiz ishlash, sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslari va seminarlarda. shuningdek malaka oshirish kurslarida ishtirok etish takomillashtirish.
o‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun har besh yilda bir marta attestatsiyadan o‘tish.
9. Oila hamshirasi o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
10. Oila hamshirasi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish. mijoz va hamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida