Оила шифокори / Оила шифокори
Тошкент шахар Янгихаёт тумани 9-қурулиш худуди Мархамат мфй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Оила шифокори |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Davolash ishi, Umumiy amaliyot shifokori |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-28 |
📋 Talablar
1. Umumiy amaliyot vrachi - umumiy pediatr vrach, umumiy amaliyot vrachi - pedagog, umumiy amaliyot pediatri - pedagog (keyingi o‘rinlarda UAV) - «daʼvolash ishi» («umumiy amaliyot vrachi»), «pediatriya ishi» ixtisosligi bo‘yicha oliy tibbiy maʼlumotga ega bo‘lgan diplomli mutaxassis bo‘lib, poliklinikaga biriktirilgan aholiga jinsi va yoshidan qatʼi nazar ko‘p ixtisosli birlamchi vrachlik tibbiy yordamini ko‘rsatish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish huquqiga ega. 2. Umumiy amaliyot vrachi lavozimiga umumiy amaliyot vrachi diplomiga ega bo‘lgan yoki ixtisosligi boshqa bo‘lgan, umumiy amaliyot vrachi mutaxassisligi bo‘yicha dasturni muvaffaqiyatli tugatgan va malakaviy tavsifi talablariga muvofiq sertifikat olgan vrach tayinlanadi. 3. Umumiy amaliyot vrachi yakka tartibda yoki boshqa vrachlar bilan birgalikda (guruh amaliyoti) yordam ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatilayotgan aholining ijtimoiy-demografik tarkibidan kelib chiqqan holda, vrachlar guruhiga boshqa mutaxassislar, shu jumladan ijtimoiy soha xodimlari qo‘shilishi mumkin. 4. Umumiy amaliyot vrachi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlashga tegishli regional va hududiy boshqaruv organlari buyruqlari va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlariga hamda mazkur yo‘riqnomaga amal qiladi. 5. Umumiy amaliyot vrachi oilaviy poliklinikaning bosh vrachi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mos ravishda lavozimga tayinlanadi va bo‘shatiladi.
📌 Vazifalar
2. Oilaviy shifokorning xuquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat muassasa raxbari va yuqori turuvchi sog'liqni saqlash boshqaruv va boshqa manfaatdor idoralarga biriktirilgan axoliga tibbiy-sanitariya yordam kursatish buyicha takliflar kiritish; tibbiy-sanitariya yordam masalalari bo'yicha yig'ilishlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, faoliyati umumiy amaliyot shifokorining maqsad va vazifalariga tegishli bo'lgan turli jamoat va kasbiy tashkilotlarga aʼzo bo'lish; o'z kasbiy bilim va ko'nikmalarini mustaqil o'sish, sog'liqni saqlash boshqaruv va malaka oshirish muassasasi tomonidan tashkil etilgan qiska muddatli sikl va seminarlarda ishtirok etish yo'li bilan takomillashtirish; o'z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun xar besh yilda bir marta Sog'liqni saqlash vazirligining amaldagi yo'riqnomalariga muvofiq attestatsiyadan o'tish; boshqa mutaxassis va tashkilotlar tomonidan o'tkaziladigan va vakolatiga tegishli bo'lgan tadbirlarda ishtirok etish; o'z vakolat doirasiga kirmaydigan vazifalar yuklatilganda undan bosh tortish; 13. Oilaviy shifokor o'z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va to'liq bajarishga majburdir. 14. Oilaviy shifokor axoliga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatishda mijoz xuquqining poymol bo'masligini taʼminlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va xamkasblariga samimiy munosabatda bo'lishi kerak
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida