#
Aktiv
#

Тиббиёт бригада дояси / Тиббиёт бригада дояси

2 453 666 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 10.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi ўрта тиббиёт ходимлар бўлими
💰 Maosh 2 453 666 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Ko'rsatilmagan
🏷️ Yo'nalish / surcharge Akusherlik ishi
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-03-01

📋 Talablar

Tibbiyot brigadasining doyasi (Keyinchalik -doya) - “oliy xamshiralik ishi", «umumiy amaliyot xamshirasi», «feldsher», "tibbiyot xamshirasi”, «akusherka» kasbiy yunalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bulgan yoki «tibbiyot brigadasi doyasi» dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffakiyatli o‘ggan diplomli mutaxassisdir.
2. Doya ish faoliyatida biriktirilgan axoli orasidagi ayollar kontigentiga, jumladan, tug‘ish yoshidagi ayollar va qizlar, xomiladorlar, yangi tuqqan ayollar tibbiy- sanitariya yordami ko‘rsatadi.
3. Doya oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari hamda uzi mustaqil ravishda oilaviy shifokorning bevosita nazorati ostida faoliyat yuritadi.
4. Doya o‘z ish faoliyatida tashkiliy-uslubiy masalalar bo‘yicha bevosita nazorat qiluvchi oilaviy shifokorga va umumiy amaliyot xamshirasiga, maxsus xamshiralik ishi masalalari bo‘yicha - bosh, katta xamshira/feldsherga xamda muassasaning umumiy masalalar bo‘yicha esa muassasa raxbariga bo‘ysunadi.
Shuningdek, o‘z faoliyatini muasasasaning akusher ginekologi va uning doyasi bilan bevosita xamkorlikda olib boradi, tegishliligi bo‘yicha ularning topshiriklarini xam bajaradi.
5. Doya o‘z faoliyatini O‘zbekistan Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekistan Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi buyruk va yuriknomalari, tegishli Sog‘likni saqlash hududiy organlari, tuman/shaxar tibbiyot birlashmasi va davolash profilaktika muassasasi rahbarining buyruq va ko‘rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga ko‘ra amalga oshiradi.
6. Doyani lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda, muassasa raxbari tomonidai amalga oshiriladi.

📌 Vazifalar

Oila shifokori boshchiligida, tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalari va lavozim vakolati doirasida yillik rejasini tuzish va undan kelib chiqib, o‘zining oylik, xaftalik va kunlik vazifalarini belgilash.
8. Rejalashtirilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirish:
xomilador, tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollarga universal-progressiv model bo‘yicha patronajini amalga oshirish;
homilador ayollarni 12 xaftagacha xisobga olish, antenatal ko‘riklarga taklif etish va oila shifokori bilan birgalikda qabulni amalga oshirish, oila shifokorining tavsiyalarini amalga oshirish;
irsiy kasalliklar va tug‘ma nuqsonlarni erta aniqlash maqsadida xomilador ayollarning perenatal skriningdan o‘z vaqtida va to‘liq o‘tishlarini nazorat qilish
istalmagan xomiladorlikni oldini olish maqsadida extiyojmand ayollarni kontraseptiv vositalar bilan qamrash choralarini ko‘rish, akusher-ginekolog ko‘rigiga taklif etish, kontraseptiv vositalardan foydalanadigan fertil yoshdagi ayollar monitoringini yuritish;
xafv guruxiga mansub ayollar orasida skrining tekshiruvlarini amalga oshirish, so‘rovnoma va ko‘riklarni o‘tkazish, ayollarning jaryonidan to‘lik o‘tishlarini nazorat qilish;
reproduktiv salomatlikni muxofaza qilish, erta va kech xomiladorlik hamda istalmagan xomiladorlikni oldini olish masalalarida ayollar, o‘smir qizlar va ularning onalari bilan suxbat va uchrashuvlar o‘tkazish, bu masalalarda “qizlar salomatlik markazi” bilan xamkorlikda faoliyat yuritish;
xomilador, tuqqan ayollarda xayotga xavf soladigan xolatlar omillarini anqklash va ushbu bemorlar/oilalar uchun individual kuzatuv rejasini tuzish;
o‘z vakolati doirasida bemorlarga shifokorgacha birlamchi tibbiy yordamni ko‘rsatish va zarur xolatlarda oilaviy shifokor, akusher-ginekologni chaqirish.
9. Doya kuyidagi huquqlarga ega:
muassasa raxbari va oila shifokori, katta xamshira/feldsherga mehnatni tashkil etish, zarur dori-darmon vositalari, asbob-uskunalar, tibbiyotga oid buyumlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha, shuningdek o‘z vakolati doirasida axoliga ko‘rsatiladigan davolash-profilaktika yordamini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflar berish;
biriktirilgan xududda davolash-profilaktika va tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar (majlislar)da ishtirok etish;
o‘z kasbiy bilim va kunikmalarini o‘z ustida uzluksiz ishlash, sotlikni saklash boshkaruv organlari tomonidan tashkil etiladigan kiska muddatli ukuv kurslari va seminarlarda, shuningdek malaka oshirish kurslarida ishtirok etish takomillashtirish.
o‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiklash uchun xar besh yilda bir marta attestatsiyadan utish.
10. Doya o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
11. Doya axoliga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va xamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None