Марказ директори / Марказ директори
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Нурота туман адлия бўлими Давлат хизматлари маркази |
| 💰 Maosh | 2 730 108 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Yuridik, davlat va jamiyat boshqaruvi |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 31-oktabrdagi 406-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida lavozimlarni egallash uchun talab etiladigan malakaga oid Minimal Talablarga asosan, Oliy yurdik yoki Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida bakalavriat diplomga ega bo‘lish yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kursi, mutaxassisligi bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida, mahalliy davlat hoqimiyati organlarida hamda boshqa vakolatli davlat idoralarida uch yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha kamida 2 yil ish staji, shuningdek, axborot-texnologiyalari sohasini, shu jumladan Internet tarmog‘idan erkin foydalanish bilimiga ega bo‘lishi.
📌 Vazifalar
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;
tadbirkorlik subʼektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni taʼminlash;
davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;
tadbirkorlik subʼektlariga (keyingi o‘rinlarda arizachilar deb ataladi) axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqarmaga aniqlangan qonunbuzarliklar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishlarning belgilari, ularga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni, shuningdek “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni kiritish;
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha. Dam olish kunlari: Shanba, yakshanba.