Лаборантка / Лаборантка
Тошкент шаҳар Учтепа тумани Бешқайрағоч 243
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Klinika bioximiya laboratoriya |
| 💰 Maosh | 3 538 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #8 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
Homilador ayollar, tug‘ruqdagi ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan laboratoriya tahlillari uchun biologik materiallarni (qon, siydik, surtma va boshqalar) qabul qilish va tayyorlash.
Quyidagi laboratoriya tekshiruvlarini belgilangan standartlarga muvofiq bajarish:
umumiy qon tahlili;
umumiy siydik tahlili;
qon guruhi va rezus-faktorni aniqlash;
koagulogramma elementlari (zarurat bo‘lganda);
biokimyoviy tahlillar (shifokor ko‘rsatmasiga binoan);
infeksiyalarga oid ekspress-testlar.
Olingan natijalarni laboratoriya jurnallari va elektron axborot tizimlariga o‘z vaqtida va aniq kiritish.
Tahlil natijalarini shifokor-laborant yoki davolovchi shifokorga belgilangan tartibda yetkazish.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun skrining tahlillarini tayyorlash va bajarishda ishtirok etish.
📌 Vazifalar
Laboratoriya uskunalari, asbob-anjomlar va reaktivlardan to‘g‘ri va ehtiyotkorlik bilan foydalanish.
Aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Biologik xavfsizlik va infeksion nazorat talablarini bajarish.
Tibbiy sir saqlanishini ta’minlash.
Reaktivlar, test-sistemalar va sarf materiallarining yaroqlilik muddatini nazorat qilish.
Laboratoriyada sanitariya-gigiyena holatini ta’minlash.
Favqulodda holatlarda (qon ketish, shoshilinch tahlillar) ishlarni ustuvor tartibda tashkil etish.
Malakasini oshirish, o‘quv mashg‘ulotlari va instruktajlarda muntazam ishtirok etish.
Laboratoriya hujjatlarini to‘g‘ri yuritish va belgilangan hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida