Эндокринолог шифокори (врачи) / Эндокринолог шифокори (врачи)
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | tor doiradagi vrachlar |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Endokrinolog shifokori |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
1.Endokinolog vrachi lavozimida faoliyat yuritgan xolda sog‘liqni saqlash tizimiga oid barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga, SSV va Toshkent ShSSBB buyruq va ko‘rsatmalariga, tuman tibbiyot birlashma Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa lokal xujjatlarga to‘la rioya qilish va ulardagi talablari bekami-ko‘st bajarish;
2.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va xomiysining roziligisiz zarur xujjatlarni rasmiylashtirmasdan tibbiy muolajalari o‘tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiena va epidemiologik chora-tadbirlari o‘tkazmaslik;
3.Yosh bolalarni va chaqaloqlarni amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravishda asrab olish borasida maslahat bermaslik;
4.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo‘llanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik;
5.Vrachlik siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik;
6.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh vrach ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik;
7.Odob-ahloq qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilish;
📌 Vazifalar
Endokrinolog shifokori quyidagilarga:
-biriktirilgan xududda uzining faoliyati natijalari, o‘ziga biriktirilgan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, shuningdek o‘z vazifaviy majburiyatlari hamda o‘ziga biriktirilgan o‘rta tibbiy xodimlarning vazifaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan va muassasa faoliyatiga yoki bemorlar sog‘lig‘iga zarar yetkazgan xarakatlari yoki xarakatsizliklari;
-o‘z faoliyati va o‘ziga biriktirilgan o‘rta tibbiy xodimlar faoliyatining amaldagi konunchilik xamda me’yoriy-xuquqiy xujjatlarga muvofiqligi;
-mavjud bo‘lgan tibbiy jixozlar, apparatlar, mol-mulk, shuningdek bemorlarga tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish dori-darmonlarini butligi va ulardan oqilona foydalanish;
-o‘zi va o‘ziga biriktirilgan o‘rta tibbiy xodimlar tomonidan faoliyati natijalari bo‘yicha tibbiy xisob va xisobot xujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishiga, ulardagi ma’lumotlarning xakkoniyligiga javobgardir.
-faoliyati natijalari bo‘yicha tibbiy xisob va xisobot xujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishiga, ulardagi ma’lumotlarning xaqqoniyligiga javobgardir.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida