#
Aktiv
#

ҳамшира / ҳамшира

Тошкент шаҳар Учтепа тумани Бешқайрағоч 243

3 057 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Chaqaloqlar patologiya bo'limi
💰 Maosh 3 057 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #8
🏷️ Yo'nalish / surcharge hamshiralik ishi, umumiy amaliyot hamshirasi
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-03-04

📋 Talablar

O‘rta maxsus tibbiy ma’lumot (hamshiralik ishi)
Neonatologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikma
Tibbiy etikaga rioya qilish
Favqulodda holatlarda tezkor harakat qila olish

📌 Vazifalar

Chaqaloqlar patologiya bo‘limi hamshirasi – yangi tug‘ilgan, sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan o‘rta tibbiyot xodimi hisoblanadi. U shifokor ko‘rsatmalariga asosan ishlaydi va chaqaloqlarning holatini doimiy nazorat qiladi.Tibbiy kuzatuv
Chaqaloqning tana harorati, nafas olish soni, yurak urishi va vaznini muntazam o‘lchash
Holatidagi o‘zgarishlarni aniqlash va shifokorga xabar berish
Inkubator va boshqa apparatlar ishlashini nazorat qilish
2. Muolajalarni bajarish
Shifokor belgilagan dori vositalarini berish (og‘iz orqali, inʼeksiya, infuziya)
Kateter, zond qo‘yish va parvarish qilish
Kislorod terapiyasi va boshqa muolajalarni amalga oshirish
3. Parvarish
Chaqaloq gigiyenasini ta’minlash
Kindik yarasini parvarish qilish
Teri tozaligi va yotoq joyini nazorat qilish
Oziqlantirish (ona suti yoki maxsus aralashma orqali)
4. Hujjatlarni yuritish
Har bir chaqaloq bo‘yicha kuzatuv varaqasini to‘ldirish
Muolajalar va dori berilgan vaqtni qayd etish
5. Sanitariya-gigiyena qoidalari
Infeksiya nazoratiga rioya qilish
Sterilizatsiya va dezinfeksiya qoidalariga amal qilish
6. Onalar bilan ishlash
Onalarga chaqaloq parvarishi bo‘yicha tushuntirish berish
Emizish bo‘yicha tavsiyalar berish
Ruhiy qo‘llab-quvvatlash

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None