#
Aktiv
#

"Ғамбур" МФЙ ёшлар етакчиси / "Ғамбур" МФЙ ёшлар етакчиси

6 990 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Sherobod tuman yoshlar yetakchilari
💰 Maosh 6 990 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge barcha mutaxassislar
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-03-04

📋 Talablar

"Yoshlar balansi"ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish; mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish; yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish; yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash; huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.

📌 Vazifalar

Ustuvor ravishda oliy ma’lumotli,oliy ta’lim tashkilotlarining kechki va sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lishi. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zomonaviy axborot texnalogiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Yetakchi lovozimiga nomzodlarni tanlashda muddatli xarbiy xizmatni o’tagan, mahalla hududida istiqomat qiladigon, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarga shaxsiy namuna ko‘rsatgan xolda o‘z ortidan ergashtira oladigon nomzodlarga afzalikklar beriladi. 35 (o‘ttiz besh) yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi bo‘lishi. Davlat tilini bilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-sonli Qonunining 28-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari ya’ni: o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar; og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar; davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar qabul qilinmaydi.ilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None