#
Aktiv
#

Vazir maslahatchisi - Strategik rejalashtirish, yigʻma axborot-tahlil va balanslar boshqarmasi boshlig‘i / Vazir maslahatchisi - Strategik rejalashtirish, yigʻma axborot-tahlil va balanslar boshqarmasi boshlig‘i

Тошкент шаҳри, Истиқбол кўчаси, 21-уй

5 698 672 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 06.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Rahbariyat
💰 Maosh 5 698 672 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Davlat va jamiyat boshqaruvi
⏳ Ish tajribasi 5 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-02

📋 Talablar

Oliy, bakalavr diplomi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)ga hamda Energetika vazirligi markaziy apparati va huzuridagi tashkilotlardagi faoliyati lavozimlarida kamida 5-yillik ish tajribasiga, shundan rahbarlik lavozimida 1-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lish. Lavozim yo‘nalishi va funksional vazifalariga mos keluvchi bilim va ko‘nikmalarga, energetika sohasi va vazirlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar haqida bilimga ega bo‘lishi. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish.

📌 Vazifalar

Vazirlik faoliyatini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish; Vazirlik tizimidagi mavjud boshqaruv jarayonlarini tanqidiy tahlil qilish va ularni optimallashtirish; Vazirlik faoliyatiga innovatsion yechimlar va raqamli texnologiyalarni joriy etish strategiyasini ishlab chiqish; Davlat dasturlari, konsepsiyalar va “yo‘l xaritalari”ni tayyorlash va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; Tarmoq bo‘yicha strategik ko‘rsatkichlar (KPI)ni belgilash va ularning bajarilishini tahlil qilish; Vazirlik faoliyatini isloh qilishga qaratilgan yangi tashabbuslar ishlab chiqish va rahbariyatga kiritish; Xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish hamda joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish; Xalqaro reyting va indekslarda vazirlik pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha choralar ishlab chiqish; Xalqaro moliyaviy institutlar va konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish; Tarmoq holati yuzasidan yig‘ma tahliliy ma’lumotlar tayyorlash; Vazir rahbariyati uchun tahliliy ma’lumotnomalar, hisobotlar va prognozlar ishlab chiqish; Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni monitoring qilish va tahlil etish; Qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tizimlashtirish va taqdim etish; Axborotlarning ishonchliligi va dolzarbligini ta’minlash; Tarmoqda resurslar (energiya, xom ashyo va boshqalar) balansini shakllantirish va tahlil qilish; Ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol balanslarini muvofiqlashtirish; Davlat organlari, tashkilotlar va tarmoq korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; Qonunlar, qarorlar va farmonlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; Tarmoqqa oid normativ hujjatlarni tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; Boshqarma faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish; Xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; Ijro intizomini ta’minlash; Rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’shkil etish.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None