Xatirchi tumani hokimligi investisiyalarni jalb qilish va eksport shoʻbasi bosh mutaxassisi / Xatirchi tumani hokimligi investisiyalarni jalb qilish va eksport shoʻbasi bosh mutaxassisi
Navoiy viloyati Xatirchi tumani Mustaqillik ko‘chasi 34 uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari kompleksi |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Iqtisodiyot; Moliya; Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha); Savdo ishi (turlari boʻyicha); Biznes boshqaruvi; Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati; Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha); Iqtisodiy xavfsizlik; Logistika (yoʻnalishlar boʻyicha); Mintaqaviy iqtisodiyot; Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha); Investitsiyalarni boshqarish; Marketing va menejment yoʻnalishlari, Turizm, Servis, kimyo, sanoat va boshqa turdagi iqtisod va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari. |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-04 |
📋 Talablar
Ma’lumot: Ma’lumoti oliy bo‘lishi shart, tugallanmagan oliy inobatga olinmaydi. Iqtisodiyot va moliya, xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha oliy maʼlumot bakalavr diplomiga ega boʻlishi magistratura, xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Kompyuter savodxonligi: Mazkur lavozimga Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Microsoft PowerPoint), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi.
Qo‘shimcha talablar: Mehnat qonunchiligi, xususan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonundan xabardor boʻlishi;
Sohaga oid axborot va maʼlumotlarni tahlil qilish, ular yuzasidan konstruktiv xulosa va takliflar tayyorlash, mazkur yoʻnalishda istiqbolni prognozlash va konseptual tavsiyalar ishlab chiqish qobiliyati mavjudligi;
Eksport salohiyatini yanada oshirish, hududlarning eksport imkoniyatlari hamda investitsion jozibadorligi haqida maʼlumotga ega boʻlish, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish, yangi bozorlarni oʻzlashtirishda yuqori bilim va zarur malakaga ega boʻlish;
Faoliyatiga oid meʼyoriy normativ hujjatlarini ishlab chiqa olishi, zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olishi, strategik fikrlay olishi, yuklatilgan vazifalarni maʼsuliyat bilan bajara olishi. Norma ijodkorligi (normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va tegishli tartibda kiritish) boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi;
Shaxsiy mas’uliyat, tizimli va kompleks tahlil qilish, optimal qarorlar qabul qilish, hisobotlar tayyorlash, yo‘l xaritalarini tuzish, mustahkam intizom, tashabbuskorlik salohiyati va ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Mehnat qonunchiligi, xususan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonundan xabardor boʻlishi;
Sohaga oid axborot va maʼlumotlarni tahlil qilish, ular yuzasidan konstruktiv xulosa va takliflar tayyorlash, mazkur yoʻnalishda istiqbolni prognozlash va konseptual tavsiyalar ishlab chiqish qobiliyati mavjudligi;
Hududlarning tabiiy xom ashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlashni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish; xom ashyo bazasini tahlil qilish, ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish, importni tahlil qilish, yangi loyihalarni ishlab chiqish, loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish; Faoliyatiga oid meʼyoriy normativ hujjatlarini ishlab chiqa olishi, zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olishi, strategik fikrlay olishi, yuklatilgan vazifalarni maʼsuliyat bilan bajara olishi. Norma ijodkorligi (normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va tegishli tartibda kiritish) boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi;
Shaxsiy mas’uliyat, tizimli va kompleks tahlil qilish, optimal qarorlar qabul qilish, hisobotlar tayyorlash, yo‘l xaritalarini tuzish, mustahkam intizom, tashabbuskorlik salohiyati va ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
📌 Vazifalar
Lavozim yo‘riqnomasidagi vazifalarni o‘z vaqtida bajarish
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha. Dam olish kunlari: Shanba, yakshanba.