xavsiz immunilatsiya xamshirasi / xavsiz immunilatsiya xamshirasi
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Хамширалар |
| 💰 Maosh | 2 100 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #8 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Hamshiralik ishi |
| ⏳ Ish tajribasi | 1 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-21 |
📋 Talablar
Emlash xonasi hamshirasi lavozimiga katta yoshdagi aholi va bolalarga emlash o'tkazish bo'yicha o'qigan sertifikati bo'lishi lozim, hamshira o'z faoliyatida emlash xonasini tashkil etish uchun o'rnatilgan yo'riqnoma va qoidalarga, buyruqlarga, farmoyishlarga, Nizom talablariga amal qilishi lozim. Mehnat shartnomasida ko'rsatilgan lavozim yo'riqnomasiga asosan ishlarni olib borish. O’rta maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo’lishi, sohada (davolash -profilaktika muassasalarida) davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni bilish , IELTS, TOEFL IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi) kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi, MS Office bo’yicha amaliy bilimlarga ega bo’lishi, saloxiyatiga ega bo’lishi, Sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi isloxotlari borasida mamlakatda olib borilayotgan isloxotlar moxiyatini chuqur anglashi, amaliyot xonasida foydalaniladigan tibbiy asboblarni bilishi, bo’limdagi normativ xujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
📌 Vazifalar
Emlash xonasida tartibni sanitariya-epidemiyaga qarshi talablariga muvofiq saqlash. Vrach tavsiyasiga muvofiq bolalarga vaksinatsiya o'tkazish. Emlashlarni amalga oshirish va xavfsiz immunizatsiya qoidalariga rioya qilish. Zarur holatlarda vrachlar tavsiyasiga muvofiq vaksinatsiya qilingan bolalarga shoshilinch yordam ko'rsatish. Amalga oshirilgan emlashlarni va ishlatilgan vaksinalarni ro'yxatga olish uchun hamda emlashlarni ro'yxatga olish ish jurnallarini to'g'ri hujjatlarini yuritish. Emlashlarni 063/u shaklida qayd qilishi uchun umumiy amaliyot vrachiga berish. Vrachning tavsiyasiga muvofiq kerakli vaksinalar, emlash materiallari, dori-darmonlar, uskunalar va bog'lash vositalariga talablarni rasmiylashtirish va ularni olish, emlash xonasida vaksinalar hamda zardoblar saqlanishini ta'minlash. Barcha xizmat ko'rsatilayotgan aholiga 063/u va 064/u shakllari kartalaridan kartotekani shakllantirish. Profilaktik emlashlar kartalarini o'z vaqtida to'ldirish. Hamshiralar bilan birga yiliga 2 marta 063/u va 064/u shakllarining to'ldirilishi nazoratini o'tkazish. Kelgusi davr (hafta, oy, yil) emlashlar taqvimiga muvofiq emlashlar sanalarini rejalashtirishda ishtirok etish. Hudud hamshiralaridan olingan ma'lumotlar asosida, o'tgan oy uchun emlashlar qamrovi hisobini yuritish. Tibbiy chiqindilarni xavfsiz utilizatsiyasi qoidalariga rioya qilish. Vaksinalarning ishlatilishi to'g'risida hisobot tayyorlash va uni MSHSENga taqdim etish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba. Dam olish kuni: yakshanba. Ish vaqti: 08:00 dan 14:00 gacha