#
Aktiv
#

Xodimlar bo‘limi noziri / Xodimlar bo‘limi noziri

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qora-Su-3 mavzesi, Mingbuloq ko’chasi, 40-uy

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 29.10.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Ma’muriy-xo‘jalik xodimlar
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #6
🏷️ Yo'nalish / surcharge Oliy yoki o‘rta maxsus/professional ma’lumotga ega, Xodimlar bilan ishlashning xuquqiy masalalari, Tibbiyot muassasalarida tashkiliy-kadlar va inson resuslarini rivojlantirish xizmati asoslari bo‘yicha malaka oshirish va ish yuritish bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassis
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-10-20

📋 Talablar

Oliy yoki o‘rta maxsus/professional ma’lumotga ega, Xodimlar bilan ishlashning xuquqiy masalalari, Tibbiyot muassasalarida tashkiliy-kadlar va inson resuslarini rivojlantirish xizmati asoslari bo‘yicha malaka oshirish va ish yuritish bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassis

📌 Vazifalar

Xodimlar bo‘yicha nozirining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Zimmasiga yuklangan funksiyalar va vazifalar ijrosini tashkil etadi hamda oilaviy poliklinikada kadrlar bo‘yicha ish yuritishni belgilangan tartibda olib boradi.
2. Oilaviy poliklinikadagi vakant lavozimlar, shu jumladan shifokorlik, o‘rta tibbiyot, ma’muriy-boshqaruv va boshqa lavozimlar bo‘yicha ishga qabul qilish jarayonlarini amaldagi tartibga muvofiq tashkil etishda ishtirok etadi.
3. Vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan hollarda tegishli elektron axborot tizimlari va platformalariga joylashtirishni tashkil etadi.
4. Xodimlarni ishga qabul qilish jarayonida ularni lavozimiga taalluqli mehnat vazifalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va mehnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq boshqa ichki hujjatlar bilan belgilangan tartibda tanishtirishni tashkil etadi.
5. Xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildlari, shaxsiy hisob hujjatlari va boshqa kadrlar hujjatlarini shakllantiradi, yuritadi, ularga o‘z vaqtida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritadi.
6. Xodimlarning ishga qabul qilinishi, boshqa ishga o‘tkazilishi, mehnat shartnomalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi hamda mehnat shartnomalarining bekor qilinishiga oid hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
7. Mehnat shartnomalarini, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni YAMMT IDAKda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va tegishli ma’lumotlarning o‘z vaqtida yangilanishini ta’minlaydi.
8. Xodimlarning mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarini belgilangan tartibda hujjatlashtiradi, hisobini yuritadi va tegishli elektron tizimlarga kiritilishini ta’minlaydi.
9. Xodimlarga mehnat ta’tillarini berish hisobini yuritadi, navbatdagi mehnat ta’tillari jadvalini shakllantirishda ishtirok etadi hamda ta’tillarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
10. Xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bilan bog‘liq hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi, hisobini yuritadi va kadrlar hisobiga tegishli ma’lumotlarni rasmiylashtiradi.
11. Mehnat intizomiga rioya etilishi bo‘yicha hujjatlarni yuritadi, intizom buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda zarur hollarda intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risidagi takliflar va buyruq loyihalarini tayyorlaydi.
12. Xodimlar bo‘yicha buyruqlarni tayyorlash uchun zarur ma’lumot va hujjatlarni yig‘adi, buyruq loyihalarini belgilangan tartibda tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim etadi.
13. Xodimlarning xizmat faoliyatiga oid ma’lumotnomalari, tarjimai holi, obyektivkalari va boshqa kadrlar hujjatlarini belgilangan tartibda shakllantiradi, yuritadi va yangilab boradi.
14. Xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishda maxfiylik hamda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlaydi.
15. Kadrlar bo‘yicha belgilangan hisob va hisobotlarni tuzadi, ularning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi.
16. Xodimlar harakatini, jumladan ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, lavozim o‘zgarishi, mehnat shartnomasining bekor qilinishi va boshqa kadrlar jarayonlarini belgilangan tartibda hisobga oladi.
17. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash va ixtisoslashtirishga yuborilishi bo‘yicha hujjatlarni tayyorlaydi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishini nazorat qiladi.
18. Tibbiyot xodimlarining malaka toifalari va attestatsiya muddatlarini monitoring qilib boradi, navbatdagi attestatsiya uchun zarur hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash va topshirishni tashkil etadi.
19. Rahbarlik va mutaxassislik lavozimlari bo‘yicha kadrlar zaxirasini shakllantirish, yuritish va yangilab borish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
20. Harbiy majburiyatli va chaqiriluvchi xodimlarning harbiy hisobini qonunchilikda belgilangan tartibda yuritadi, tegishli ma’lumotlarni yangilab boradi hamda zarur hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishni ta’minlaydi.
21. Xodimlarning xizmat guvohnomalari va boshqa xodimlarga oid hisob hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi va ularning hisobini yuritadi.
22. Xodimlar bilan bog‘liq ijtimoiy masalalarni hal etishda oilaviy poliklinikaning tarkibiy bo‘linmalariga o‘z vakolati doirasida amaliy yordam ko‘rsatadi.
23. Kadrlar bo‘yicha hujjatlar va elektron ma’lumotlar bazalarining to‘liqligi, haqqoniyligi va o‘z vaqtida yangilanishini nazorat qiladi.
24. Belgilangan saqlash muddatlari tugagan xodimlarga oid hujjatlarni arxivga topshirishga amaldagi tartibda tayyorlaydi va hujjatlarning saqlanishini ta’minlaydi.
25. Oilaviy poliklinikada korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha belgilangan ichki talablarni bajarishda hamda xodimlarga tegishli tushuntirish ishlarini tashkil etishda ishtirok etadi.
26. Xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga oid hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirishda ishtirok etadi.
27. Rahbariyatning kadrlar masalalariga oid qonuniy topshiriqlarini o‘z vakolati doirasida bajaradi.
28. Poliklinika ichki tartib qoidolariga rioya qilish.
29. Lavozim yo'riqnomasi bandlariga to'liq rioya qilib ularni o'z vaqtida va sifatli bajarish.

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None