#
Aktiv
#

Yangi obod MFY yoshlar yetakchisi / Yangi obod MFY yoshlar yetakchisi

Андижанская область, Пахтаабад

5 775 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 04.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Mahalladagi yoshlar yetakchilari
💰 Maosh 5 775 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-02-28

📋 Talablar

1) Oliy ma’lumotli nomzodlarga ustivorlik beriladi, 2) Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini bilgan, IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ijobiy baholanadi; 3) Kompyuter savodxonligi bo‘yicha - Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi; 4) Halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshishi; 5) Odob-ahloq qoidalariga rioya etadigan, shuningdek xamkasblariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi; 6) Muomala madaniyati, o‘z fikr va mulohazalarini ifodalay olish, shuningdek muzokara olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi; 7) Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olishi; 8) “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘rsida”gi qonun, yoshlar siyosatiga doir farmon va qarorlardan xabardor bo‘lishi; 9) Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olishi; 10) yoshi 22-35 yoshgacha bo‘lishi zarur.

📌 Vazifalar

O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzalari va chiqishlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarning mazmun-mohiyatini, Agentlikning vazifalari va faoliyat ko‘rsatkichlari haqida doimiy ravishda xabardor bo‘lishi, odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishi; xizmat faoliyati davomida turli soha mutaxassislari, ekspertlar va jamoatchilik vakillari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha

Google xarita

None