Yetakchi mutaxassis / Yetakchi mutaxassis
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish sho'basi |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Ta’lim (pedagogika va psixologiya), ijtimoiy soha (ijtimoiy ish, iqtisodiyot, menejment, sotsilogiya), huquqshunoslik, tibbiyot ta’lim yo‘nalishidagi mutaxassislikka ega bo‘lish. Mutaxassisligi to‘g‘ri kelmagan holatda tegishli ixtisoslik bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganlik talab qilinadi. |
| ⏳ Ish tajribasi | 1 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-21 |
📋 Talablar
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi). Kamida 1 yil umumiy ish staji (shundan Agentlik tizim tashkilotlarida 1 yil). Xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa kamida bitta chet tillarini yetarlicha bilishi (milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi). - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi;
- soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi
O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.
📌 Vazifalar
– Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi milliy va halqaro qonunchilik, ushbu sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlarini bilishi;
– psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya, “Gʻamxoʻrlik guruhi”ni va Kunduzgi parvarish xizmatining maqsadi va vazifalari toʻgʻrisida tushunchaga ega boʻlish;
– nogironligi bo‘lgan shaxs(bola)larning rivojlanishi ehtiyojlari, ularni reabilitatsiyasi to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
– nogironligi bo‘lgan shaxs(bola)larni ijtimoiy himoya qilishga doir uslubiy materiallaridan xabardorligi;
– nogironligi bo‘lgan shaxs(bola)lar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va tashkil etish choralarini ko‘rish va amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
– nogironligi bo‘lgan shaxs(bola)lar va ularning qonuniy vakillari bilan muloqot qilish, shu jumladan tinglay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
– jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, mas’uliyatli bo‘lish;
– ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor bo‘lish;
– vaziyatni boshqarish ko‘nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-ko‘rib chiqish);
o‘zgaruvchan tizimda ishlash, doimiy kasbiy mahoratini oshirib borishga, o‘zini ustidan ishlashga tayyorlik.
🕐 Ish sharoitlari
5 kunlik ish kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha