Yetakchi mutaxassis / Yetakchi mutaxassis
Toshkent viloyati Nurafshon shahar Toshkent yo'li ko'chasi 90-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash sho'basi |
| 💰 Maosh | 4 500 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | iqtisodiyot (yoki hujjatlar bilan ishlash bilan bogʻliq boshqa) sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumot |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-19 |
📋 Talablar
Asosiy xodim 14 oylik o'quv ta'tilidan qaytgunga qadar muayyan muddatga shartnoma tuziladi
Yetakchi mutaxassis lavozimiga iqtisodiyot (yoki hujjatlar bilan ishlash bilan bogʻliq boshqa) sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
Yetakchi mutaxassis mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, xizmat etikasiga, xavfsizlik, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati qoidalariga qatʼiy rioya etishi, xizmat sirlarini oshkor etmasligi, jamoadagi sogʻlom, ishchan muhitning barqarorligini taʼminlashi, jamiyatdagi va qonunchilikdagi oʻzgarish hamda yangiliklarni muntazam oʻrganib borishi, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda, ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, xushmuomala boʻlishi shart.
📌 Vazifalar
Bosh boshqarma faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga oshirilishini tashkillashtirish, Bosh boshqarma xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishida ishtirok etish;
sho'ba faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga oshirilishini tashkillashtirish;
Bosh boshqarmaga kelib tushgan hujjatlarni (jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlaridan tashqari) “edo.ijro.uz” dasturi orqali qabul qilish, roʻyxatga olinish, rahbariyat nomidan topshiriq loyihasi ustxatini (fishkasini) tayyorlanish, ijro muddatlari belgilagan holda topshiriqlarni tegishli tarkibiy boʻlinmalari (ijrochilar)ga yetkazish;
Bosh boshqarmadan rasmiylashtirilgan chiqish xatlarini qisqa oʻrganish, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish “Ye-xat” elektron manzil orqali tashkilotlarga yuborish, reyestr tuzib, hujjatlarning pochta orqali yuborilishini nazorat qilish;
devonxonada saqlash muddati tugagan hujjatlarni tayyorlab, ularning meʼyoriy hujjatlarni saqlash muddatini koʻrsatgan holda arxivga topshirish;
Iqtisodiyot va moliya organlaridagi hujjatlarni aylantirish boʻyicha hujjatlarning yigʻmajildlari nomenklaturasining shakllantirilganligi va ularning yuritilishini nazorat qilish;
Bosh boshqarmaga kelib tushgan hujjatlarning choraklik va yillik hisoboti tayyorlash;
Bosh boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, tegishligi boʻyicha boʻlimlariga yetkazilishini taʼminlash, qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat egasiga belgilangan muddatlarda javob berilishini nazorat qilish.
Bosh boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosarlarining shaxsiy qabul qilish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish;
Bosh boshqarma va uning oʻrinbosarlarining jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini shaxsiy qabulini tashkil etish;
Shahar va tumanlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish va nazorati boʻyicha hisobotlarini qabul qilish.
Bosh boshqarmaning vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga kelgan fuqarolar bilan suhbatlashish orqali ularga qaysi tashkilotlarga uchrashlari lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish.
Bosh boshqarma va hududiy boʻlinmalarga kelib tushgan murojaatlarni hisobotini shakllantirish hamda hokimlik va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish;
Bosh boshqarma nizomida belgilangan vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda, tegishli ishlarni amalga oshirish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha