yetakchi mutaxassisi / yetakchi mutaxassisi
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Sanoatni jadal rivojlantirish boshqarmasi – bosh loyiha ofisi |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Iqtisodiyot va injener-texnolog |
| ⏳ Ish tajribasi | 2 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-02 |
📋 Talablar
1. Iqtisodiyot va injener-texnolog yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega
hamda ushbu yo‘nalishlarda kamida 2 (ikki) yillik ish stajiga ega boʻlishi;
2. Sanoat siyosatini yuritish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks
rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish bo‘yicha bilim, tajriba va
malakaviy amaliyotga ega bo‘lishi;
3. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan
xabardor boʻlib borishi, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunishi;
4. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik
va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda
professional yondashish va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega boʻlish;
5. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office, Microsoft Excel,
Microsoft Power Point) mukammal darajada ishlay olishi;
6. Oʻzbek tilini mukammal bilishi zarur;
7. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
📌 Vazifalar
1. Boshqarma faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlar amalga oshirilishida ishtirok
etish, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
2. Shahar va tumanlarning mavjud imkoniyatidan kelib chiqib, sanoatni
rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
3. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi (oylik bajarilmaslik sabablar
tahlili) ni ishlab chiqish va ijrosi monitoringi;
4. Sanoat zonalarni rivojlantirish, ularga muhandislik-kommunikatsiya
infratuzilmasini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
5. Hududlarda sanoat nuqtalarini aniqlagan holda jadal rivojlantirish bo‘yicha
takliflarni ishlab chiqish;
6. Import va mahalliylashtirish tahlilini o‘rganib borish va tegishli xulosalar
tayyorlash;
7. Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar tahlilini (tugatilgan
va tiklanganlar monitoringi) amalga oshirish;
8. Faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, vazirlik
va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
9. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham
bajarishi mumkin.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha