Yetakchi mutaxassisi / Yetakchi mutaxassisi
.....
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni taminlash sho‘basi |
| 💰 Maosh | 3 000 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | moliya va iqtisod |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-04 |
📋 Talablar
Asosiy xodim bola parvarishi ta'tilidan qaytgunga qadar muayyan muddatga tanlov orqali.
Yetakchi mutaxassis lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
Yetakchi mutaxassis mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, xizmat etikasiga, xavfsizlik, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati qoidalariga qatʼiy rioya etishi, xizmat sirlarini oshkor etmasligi, jamoadagi sogʻlom, ishchan muhitning barqarorligini taʼminlashi, jamiyatdagi va qonunchilikdagi oʻzgarish hamda yangiliklarni muntazam oʻrganib borishi, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda, ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, xushmuomala boʻlishi shart.
📌 Vazifalar
budjet soʻrovini koʻrib chiqish va taqdim etish;
budjet soʻrovini tuzish hamda uni taqdim etish muddatlarini belgilash toʻgʻrisida hokimlik qarori loyihasini tayyorlash va hokimlikka kiritish;
hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjet soʻrovlarini qabul qilish;
mahalliy budjet loyihasini tayyorlash hamda Iqtisodiyot va moliya boʻlimiga taqdim etish;
daromadlar boʻyicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning boʻlimlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
tuman budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar boʻyicha – hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari, shuningdek, hududiy budjetdan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqish.
mahalliy budjet loyihasini taqchillik bilan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash.
hokimliklar tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek, kommunal xizmatlar xarajatlarini nazarda tutgan holda shakllantirilishini taʼminlash.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma. Damolish kunlari Shanba, Yakshanba. Ish vaqti 09:00 dan 18:00 gacha.