Yuriskonsult / Yuriskonsult
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Taraqqiyot mahallas, A.Navoiy shoh ko‘chasi, 43-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Bosh yuriskonsult |
| 💰 Maosh | 5 390 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy (Bakalavr) |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan yoxud Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlish |
| ⏳ Ish tajribasi | 1 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʻlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy taʻlim tashkilotlarining oliy maʻlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi). yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlish. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi. xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa kamida bitta chet tillarini yetarli darajada bilishi (milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi).
📌 Vazifalar
- hududiy boshqarmada huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʻminlashni tashkil etishni;
- hududiy boshqarmada ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borishni;
- hududiy boshqarmada norma ijodkorligi yoʻnalishini, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarini muvofiqlashtirishni;
- hududiy boshqarma xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etishni;
- hududiy boshqarmaning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʻvo ishlarini yuritish, uning mulkiy
va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʻminlashni;
- mustaqil ravishda buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida takliflar tayyorlashni.
- davlat tilida ish yuritish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi;
- jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega boʻlishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati
va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan boʻlishi;
- soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi va doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
- “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” Qonun 13-moddasida belgilangan davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlardan xabardor boʻlishi va unga qatʻiy amal qilishi.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha