Aniq fanlar va intellektual muhandislik texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bitiruvçilariga “Özmilliybank” AJ tomonidan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi
Buxoro davlat universitetining Aniq fanlar va intellektual muhandislik texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvçilar bilan suhbat taşkil etildi. Tadbir bitiruvçilarning bandligini ta’minlaşga kömaklaşiş, tadbirkorlikka qiziqişini oşiriş hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatini töğri yönaltirişga qaratildi.
Uçraşuvda institutning yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosari K. H. Qobilov, “Özmilliybank” AJ hamda universitetning Bandlik va karyera bölimi vakillari iştirok etdilar.
Suhbat davomida bank vakillari “Kelajakka qadam” loyihasi, imtiyozli kreditlar va yoşlar uçun mavjud moliyaviy qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş, biznes ğoyalarni amalga oşiriş hamda mavjud imtiyozlardan foydalaniş yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, bitiruvçilarning öz mutaxassisliklari böyiça işga joylaşiş imkoniyatlari, mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar va kasbiy könikmalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Bitiruvçilarning kelgusidagi rejalari, murojaat va takliflari tinglanib, işga joylaşiş bilan boğliq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.